Sharipova Vasila Quysinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ferula L. (ApiaceaeLindl.) turkumi ayrim turlarining strukturaviy va moslashish xususiyatlari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B18.
Ilmiy rahbar: Butnik Antonina Anatol`evna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Pechenisin Vladimir Petrovich, biologiya fanlari doktori, professor; Belolipov Igor` Vladimirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ferulaturkumi turlarining tuzilishi, moslashish xususiyatlari va ajratma kanallari joylashishini hayotiy shakli va ekologik sharoitlariga bog‘liq holda aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ferula turkumi monokarp va polikarp turlari vegetativ hamda generativ organlarining hayotiy shakli va yashash sharoitiga bog‘liq holda strukturaviy hamda qiyosiy tavsifi tuzilgan;
Ferula turkumi turlari gulining tuzilishi va gul qismlarida ajratma kanallarining turga xos joylashishi aniqlangan;
barg va meva tuzilishi asosida F. helenae va F. dshizakensis turlarini mustaqil tur ekanligi isbotlangan;
ilk bor Ferula turkumi turlari vegetativ va generativ organlarida ajratma kanallarning tuzilishi va joylashishi aniqlangan;
Ferula turlari organlarida smola miqdorini o‘simlikning hayotiy shakli, ajratma kanallarning soni va o‘lchamiga bog‘liq holda aniqlangan;
Ferula turlari vegetativ va generativ organlarini tuzilishiga ko‘ra moslashish darajasi ekologik yashash sharoitiga bog‘liq holda aniqlangan;
Ferulakyzylkumica ontogenezi Botanika bog‘i sharoitida aniqlangan va turni reintroduksiya qilish istiqbollari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ferula turkumi ayrim turlarining strukturaviy va moslashish xususiyatlarini tadqiq qilishda olingan natijalar asosida:
Ferulaturkumi dorivor, efir-moyli turlarini turli organlaridagi smolalarni spirtli, suvli va efirli fraksiyalarini ajratib olish usuli farmatsevtika amaliyotiga joriy qilingan (Farmatsevtika sanoati davlat aksiyadorlik konsernining 2017 yil 6 noyabrdagi MD-06/3094-son ma’lumotnomasi). Natijada Ferula turlari organlarining yuqori sifatli va ko‘p miqdorda dorivor smola to‘plash muddatlarini aniqlash hamda smola olish imkonini bergan;
tabiiy va introduksiya sharoitlarida Ferula turkumi turlari urug‘larini morfo-anatomik tuzilishi, ajratma kanallarning joylashishi va urug‘ni saqlash muddati, urug‘ unuvchanligiga oid ma’lumotlar «Endem va dorivor o‘simliklarni biotexnologik usulda in vitro sharoitida saqlashni ishlab chiqish» mavzusidagi loyihada o‘simlik urug‘larini turli sharoitlarda undirishda foydalanilgan (Sharqiy Qozog‘iston davlat universitetining 2017 yil 16 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada dorivor va smola saqlovchi o‘simlik urug‘larini saqlash va tinim muddatini aniqlash orqali urug‘ undirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Ferula turkumining istiqbolli va «Qizil kitob»ga kiritilgan turlarining strukturasi, tarkibida biologik faol moddalarni saqlovchi ajratma kanallarning joylashishi bo‘yicha ma’lumotlar FA-F7-T184 raqamli «O‘zbekiston florasi o‘simliklarining terpenoidlari va fenol birikmalari kimyosi» fundamental loyihasida o‘simlik organlaridan turli biologik faol moddalar ajratib olishda va ularning kimyoviy tarkibini aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 17 noyabrdagi FTA-02-11/1103-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simliklarning maxsus ajratma kanallarning joylashgan o‘rnini aniqlash asosida vegetativ va generativ organlaridan dorivor smolalar ajratib olishda diagnostik belgi sifatida foydalanish imkonini bergan.