Abdulxaev Abduraxim Botirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida quruq surkov kompozitni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2995.
Ilmiy rahbar: Doliev G‘olibjon Alisherovich, kimyo fanlari doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Axmadaliev Muxammadjon Axmadalievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida po‘lat simlarni cho‘zishda ishlatiladigan quruq surkov kompozitni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surkov kompozit mahsulotlarining tarkibidagi moddalarni massa ulushlari va maqbul qiymatlari aniqlangan;
quruq surkov kompoziti tarkibidagi kal`siy va natriy stearatlarning maqbul qiymatlari orqali metallar sirtiga adgeziyalik xususiyati aniqlangan;
mahalliy to‘ldiruvchilarning surkov kompozitini haroratga chidamliligi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida yangi quruq surkov kompoziti sintez qilingan;
quruq surkov kompozitini olishning samarador texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yangi quruq surkov kompozitini ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi hisoblangan va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida quruq surkov kompozitni ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida quruq surkov kompozitni ishlab chiqish texnologiyasi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining “2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 23 dekabrdagi 05/15-3116-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizda po‘lat simlarga ishlov beradigan korxonalar uchun yangi quruq surkov kompozitini olish imkonini beradi;
po‘lat simlarni cho‘zish uchun yangi mahalliy xomashyolar asosida olingan kompozitni ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining “2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 23 dekabrdagi 05/15-3116-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinayotgan mahsulotdan haroratga 190oC dan 310oC bardoshlili kompozit olish imkonini beradi.