Mamatqulova Nilufar Fayzullaqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilga ixtisoslashtirilgan OTM talabalarining xorijiy til kompetensiyalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirish”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped623.
Ilmiy rahbar: Xashimova Dildorxon O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘htasinov Ilxom Madaminovich,  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tilga ixtisoslashtirilgan OTM talabalarining xorijiy til kompetensiyalarini  shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori darajadagi leksik kompetensiyaga erishishda layoqati kuchli va kuchsiz guruhlarga ajratilgan talabalarning statistik qatorlarda ifodalangan differensial farqni aniqlash orqali talabalarning yangi so‘z ma’nolarini kontekstdan topa olishi, yangi leksik birliklarni kontekstda qo‘llash va o‘zini-o‘zi baholash (self-checklist)da mustaqil ta’limning samaradorligi dalillangan;
leksikani induktiv usulda o‘qitish orqali shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning motivatsion mezoniga ustunlik berishga asoslangan fasilitatsiya innovativ yondashuvini o‘quv jarayoniga tatbiq etishning  ilmiy-nazariy asoslari xamda didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
didaktik materiallarni modellashtirish, variantlash, ularning komponentlari hamda kompetensiyalarga daxldor ichki turlarini aniqlash orqali talabalarda leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning  intellektual aspektlarini optimallashtirish imkoniyatlari shaxsga yo‘naltirilgan korpus turlari (Corpus of Contemporary American English (COCA) va Corpus of Global Web-Based English (GloWbE))ni o‘zaro integrativ uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
til o‘qitish samaradorligi va kasbiy faoliyat tayyorgarligini baholash mezonlari hamda tilga aloqador parametr va ko‘rsatkichlarni rivojlanish darajasini diagnostika qiluvchi texnologiyalarni yaratish talaba avtonomiyasini rivojlantirishning muhim indikatori sifatida asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tilga ixtisoslashtirilgan OTM talabalarining xorijiy til kompetensiyalarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxsga yo‘naltirilgan  yondashuvli o‘qitish bosqichlarida talabalarning leksikani induktiv usulda o‘qitish orqali shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning motivatsion mezoniga ustunlik berishga asoslangan fasilitatsiya innovativ yondashuvini o‘quv jarayoniga tatbiq etishning ilmiy-nazariy asoslari xamda didaktik ta’minoti takomillashtirilganiga doir ma’lumotlardan A-1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” nomli amaliy grant doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 29-yanvardagi 02-07-247/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tiliga o‘qitishning metodik ta’minoti boyitilgan holda talabalarning leksik boyligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
respublika miqyosida tilga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari 2-kurs bakalavr talabalari uchun ingliz tilida yangi so‘z ma’nolarini kontekstdan topa olishi, yangi leksik birliklarni kontekstda qo‘llash va o‘zini-o‘zi baholash (self-checklist) orqali so‘z boyligini oshirib borish imkonini ta’minlashga doir hamda didaktik materiallarni modellashtirish, variantlash, ularning komponentlari va kompetensiyalarga daxldor ichki turlarini aniqlash orqali talabalarda leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning  intellektual aspektlarini optimallashtirish imkoniyatlari shaxsga yo‘naltirilgan korpus turlari (Corpus of Contemporary American English (COCA) va Corpus of Global Web-Based English (GloWbE))ni o‘zaro integrativ uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga mo‘ljallangan “Enlarge Your Vocabulary” o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 01 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-242-son nashr guvohnomasi). Natijada tilga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari leksik kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan va mustaqil ta’limning samaradorligi dalillangan;
til o‘qitish samaradorligi va kasbiy faoliyat tayyorgarligini baholash mezonlari hamda tilga aloqador parametr va indikatorlarni rivojlanish darajasini diagnostika qiluvchi texnologiyalarni yaratish talaba avtonomiyasini rivojlantirishning muhim indikatori sifatida asoslanganligiga doir ilmiy natijalar va muayyan  ilmiy-nazariy xulosalardan 2019-2020 yillarda bajarilgan PZ-201709134-raqamli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 21- fevraldagi 01/1-11-1056-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflarning joriy qilinishi talaba avtonomiyasini rivojlantirishning muhim indikatori sifatida asoslanishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish