Kayumov Nodrbek Ulug‘bekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindromda surunkali buyrak kasalligining ogirlik darajasi», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib547.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Akalaev Rustam Nurmuxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromda surunkali buyrak kasalligda rivojlanish xavf omillirani aniqlash va uni og‘irlik darajasini baxolashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metabolik sindrom xamda surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak funksiional xolatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar salbiy o‘zgarishlari aniqlangan;
koptokchalar fil`tratsiya tezligi kmayishi va metabolik sindromning asosiy tarkibiy qismlarining yaqqolligi orasida uzviy bog‘liqlik mavjudligi asoslangan;
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda metabolik sindrom asosiy tarkibiy qismlarining birga kelishi va yuqori darajada ifodalanganligini yurak-qon tomir xavfi ortishidagi axamiyati asoslangan;
ilk bor metabolik sindromda surunkali buyrak kasalligi xavfi darajasini baholash uchun dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metabolik sindrom va surunkali buyrak kasalligi og‘irlik darajasi  orasidagi bog‘liqlikni baxolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi xavfini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Metabolik sindromdagi surunkali buyrak kasalligi xavfi darajasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021 yil 12 dekabrdagi 8n-z/546-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, erta nogironlikning oldini olish  imkonini bergan;
metabolik sindromda surunkali buyrak kasalligining og‘irlik darajasini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi va Bekobod markaziy tuman kasalxonasi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 maydagi 08-13925 sonli malumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, ularning hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni oldini olish va shifoxonaga davolanish davomiyligini qisqartirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish