Ochilov Alisher Kamilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gastritni davolash jarayonida SYP2C19 geni allel` variantlarini hisobga olgan xolda tabaqalashtirilgan yondashuv», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2. PhD /Tib948.
Ilmiy raxbar: Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019. Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvasit Mirvasiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali gastritli bemorlarda CYP2C19 geni genotip variantlarini uchrash xususiyatlarini aniqlash orqali kasallik davo samaradorligini baholash va personal davo o‘tkazish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali gastritli bemorlarning 2/3 qismida CYP2C19(G681A) genining “odatiy” allelini saqlovchi va “tezkor” metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi GG (CYP2C19*1/*1) genotipi va 1/3 qismida esa “o‘rtacha” yoki oraliq metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi GA(CYP2C19*1/*2) genotipi uchrashi, hamda sanoqli bemorlarda “sekin” metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi yoki umuman o‘z funksiyasini bajara olmaydigan mutant allel` saqlovchi AA(CYP2C19*2/*2) genotipi uchrashi aniqlangan;
ilk bor surunkali gastritli bemorlarda CYP2C19(G681A) genining “tezkor” va “sekin” metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplari erkak xamda ayol bemorlarda, shuningdek kasallikning A,V,S tiplarida turlicha uchrashi tufayli kasallikning klinik namoyon bo‘lishi, kechuvi xususiyatlari va davo natijalarida tafovutlar kelib chiqishi asoslangan;
CYP2C19(G681A) genining “tezkor” (CYP2C19*1/*1), “o‘rtacha” (CYP2C19*1/*2) va “sekin” (CYP2C19*2/*2) metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplari mavjud bemorlarda kasallikning klinik namoyon bo‘lishida tafovutlar mavjudligi tufayli “an’anaviy” davo kompleksida qo‘llangan dori vositalari strukturasi ham turlicha ekanligi aniqlangan;
ilk bor surunkali gastritli bemorlarda CYP2C19(G681A) genining turli darajada metabolizator xususiyatini namoyon qiluvchi genotiplarini uchrashiga mos ravishda kasallik farmakoterapiyasi samaradorligi turlicha bo‘lganligi aniqlangan, hamda ushbu kasallik farmakoterapiyasi samaradorligini ta’minlash uchun CYP2C19(G681A) geni genotiplariga muvofiq “personal” davo sxemalarini ishlab chiqish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali gastritni davolash jarayonida SYP2C19 geni allel variantlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali gastritning samarali va xavfsiz farmakoterapiyasida genetik omilning rolini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “CYP2C19 geni allel` variantlari asosida surunkali gastrit farmakoterapiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021yil 9 dekabrdagi 8n-z/522-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar CYP2C19 geni allel` variantlariga ko‘ra surunkali gastrit farmakoterapiyasi samarasini oshirish imkonini bergan;
CYP2C19 geni allel` variantlari genotiplarining uchrash soni va unga ko‘ra surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarni samarali davolashga tabaqalashtirilgan yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “Genetik belgilarni hisobga olgan holda surunkali gastritni davolashda differensial yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-z/522-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar surunkali gastritni davolashda genetik belgilarni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuv imkonini bergan;
surunkali gastrit farmakoterapiyasining xususiyatlari va unga CYP2C19 geni polimorfizmlarining ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 apreldagi №08-10491 sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar surunkali gastrit farmakoterapiyasi samaradorligining oshirish va surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlar hayot sifati yaxshilanish imkonini bergan.