Sotimov G‘ayrat Baxtiyorovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Thermopsis alterniflora o‘simligini kompleks qayta ishlashda alkaloidlar va flavonoidlar asosida dori vositalarining substansiyalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.3.DSc/T134.

Ilmiy maslahatchi: Mamatxanov Axmatxon Umarxanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo institut, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fozilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Kamilov Xusan Ma’sudov, farmatsetika fanlari doktori, professor; Sagdullaev Baxodir Toxirovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: Thermopsis alterniflora o‘simligini er ustki qismidan sitizin, N-metilsitizin, termopsin alkaloidlari va flateron, formononetin flavonoidlarini ketma-ketlikda ajratib olishning ratsional texnologiyasini yaratish hamda Thermopsis alterniflora o‘simligini standartlash va ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Thermopsis alterniflora o‘simligining er ustki qismi standartlangan hamda farmatsevtika sanoatida dorivor o‘simlik xomashyosi sifatida foydalanish mumkinligi asoslangan;

Thermopsis alterniflora alkaloidlarini muhiti rN ni o‘zgarishi hisobiga ajratib olish usuli ishlab chiqilgan, bunda rN 5 gacha termopsin, rN 5-7 da N-metilsitizin, rN 10–12 da esa sitizin alkaloidlari ajralib chiqishi aniqlangan va alkaloidlar yig‘indisidan sitizin olish texnologiyasi takomillashtirilgan;

sitizin va flateron substansiyalarini olishda bosqichli nazoratni amalga oshirish imkonini beradigan yuqori samarador suyuqlik xromatografiya hamda spektrofotometriya uslublari ishlab chiqilgan;

Thermopsis alterniflora flavonoidlari yig‘indisidan formononetin standartini ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va flateron preparatini ushbu standart asosida standartlangan;  

Thermopsis alterniflora er ustki qismidan yagona texnologik tizimda termopsin, N-metilsitizin, sitizin va flateron substansiyalarini olishni ratsional texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda jarayon chiqindisi shrotdan pektin moddalari va fermentli gidroliz mahsuloti (bioyoqilg‘i) olingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Thermopsis alterniflora o‘simligining tarkibidagi biologik faol moddalardan dori vositalari substansiyalarini ajratib olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

sitizin olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (22.07.2008 y., №IAP 04187). Ilmiy tadqiqot natijasi farmatsevtikada tamaki chekishga qarshi preparat ishlab chiqish imkonini bergan;

sitizin substansiyasi uchun Farmakopeya maqolasi ishlab chiqilgan hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi tomonidan tasdiqlangan (FM42O‘z-1403-2017, 09/158/3-son guvohnomasi). Natijada ushbu substansiyaning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi nafas analeptigi dori vositalarini lokalizatsiya qilish imkonini bergan;

flateron substansiyasiga Vaqtinchalik Farmakopeya maqolasi ishlab chiqilgan hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi tomonidan tasdiqlangan (VFM42 O‘z-2727-2015, 00199/07/15-son guvohnomasi). Natijada yaratilgan preparatning respublikada shu turdagi dori vositalarining import o‘rnini bosish imkonini bergan;

tamaki chekishga qarshi «Nikotinabs» tabletkalari ishlab chiqarishda «Nobel Pharmsanoat» korxonasiga joriy etilgan («O‘zfarmsanoat» AJning 2017 yil 3 noyabrdagi MD-06/3074-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu preparatning ishlab chiqarilishi «Tabeks» («Sofarma», Bolgariya) dori vositasini respublikamizga importini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish