Mirzaxmedov Rustamjon Mirxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Reniy (III) ionini sorbsion-spektroskopik aniqlash usulini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2598.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkentkimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Nabiev Abduraxim Abduhamidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat va atrof-muhit ob’ektlaridagi oqava chiqindi texnologik suvlari va rux keki tarkibidagi reniy (III) ionini sorbsion – spektroskopik aniqlash usuli ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reniy (III) ionini vismutol-2 reagent bilan immobillangan PPA – 1, PPM – 1, PAN – GMDA tolalari yordamida aniqlashning optimal sharoitlari tanlangan;
vismutol – 2 reagentini reniy (III) ioni bilan kompleks xosil qilish optimal sharoitlari va mexanizmi aniqlangan;
analitik va metrologik parametrlari baholangan, reniy (III) ionini miqdorini aniqlash chegarasi eritmaga nisbatan immobillangan xolatda 10 barobar oshishi aniqlangan;
reniy (III) ionini aniqlashning sorbsion - spektroskopik usuli ishlab chiqilgan;
reniy (III) ionini texnologik eritma tarkibidan ajratib olishning sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ishlab chiqilgan immobillangan vismutol – 2 organik reagenti bilan reniy (III) ionini sorbsion-spektroskopik aniqlash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
immobillangan organik reagentlar yordamida reniy (III) ionini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usuli «Olmaliq KMK» AJning mis boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 19 yanvardagi AA-000531-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqava chiqindi texnologik suvlarda reniy (III) ionini aniqlash imkonini bergan;
reniy ionlarini aniqlash va ajratish usuli «Olmaliq KMK» AJning «Rux zavodi» analitik kimyo laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 17 dekabrdagi 45-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqava chiqindi texnologik suvlar tarkibidagi reniy (III) ionlarini aniqlash hamda samarali tozalash imkonini bergan.