Masharipova Shoxista Sabirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kichik qon aylanish doirasi arteriyalarining morfologik xususiyatlari» 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1483.
Ilmiy rahbar: Mirsharapov O‘tkur, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postnatal ontogenezning turli davrlarida va tajribaviy qandli diabet fonida kichik qon aylanish doirasi arteriyalarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet negizida qon tarkibidagi qand miqdorining ortishi natijasida kichik qon aylanish doirasida circulus sanguineus minordan o‘pka arteriyalar arteriae pulmonales va boshqa asosiy arteriyalarining postnatal ontogenezning turli davrlarida tunica muscularisning ichki, o‘rta va tashqi qavatlarida silliq mushak qavati va yostiqsimon bo‘rtmachalar paydo bo‘lishi asoslangan;
qandli diabet negizida o‘pkaning arteriae intrapulmonalesning o‘rta va tashqi diametri o‘rtasida, arteriyalarning adventisiya qavatining qalinligi va arteriyaning diametri o‘rtasida, arteriyaning adventisiya va o‘rta qavatlari anatomik maydoni o‘rtasida ham kuchli korrelyasion bog‘liqlik borligi aniqlangan;
postnatal ontogenezning turli davrlarida kichik qon aylanish doirasi arteriyalari devorida yoshga qarab o‘rta va tashqi qavatida collagen fibris  tolalarning ko‘payishi, arteriyalar devorining o‘rta qavati hajmining tomirlar tirqishi o‘lchamiga bo‘lgan nisbati Kernogan indexning ortishi asoslangan; 
tajribaviy qandli diabet negizida kichik qon aylanish doirasi arteriae pulmonalesning barcha devorlaridagi aterosklerotik o‘zgarishlar, tunica intimaning devorida biriktiruvchi to‘qimalarning elastik tolalarning giperplaziyasi va bo‘shlig‘ini torayishi natijasida, qon aylanish tartibining buzilishi oqibatida morfologik o‘zgarishlarning asoratlarni yuzaga kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Postnatal ontogenezning turli davrlarida va tajribaviy qandli diabet fonida kichik qon aylanish doirasi arteriyalarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
postnatal ontogenezning turli davrlarida kichik qon aylanish doirasi arteriyalarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotning ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «O‘pka ichi arteriyalarining morfologiyasi va o‘rganish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 8n-z/153-son ma’lumotnomasi). Natijada qandli diabetning asoratlarini rivojlanish mexanizmi oqibatida og‘ir asoratlarni kelib chiqishini oldini olish imkonini bergan;
postnatal ontogenezning turli davrlarida va tajribaviy qandli diabet fonida kichik qon aylanish doirasi arteriyalarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini baholash mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi, Urganch tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch xirurgiya va Xorazm viloyati Temir yo‘l shifoxonasining xirurgiya amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 iyundagi 08-15321-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘pka a’zo ichi va kichik qon aylanish doirasi arteriyalarida o‘tkazilayotgan jarrohlik amaliyotida kuzatiladigan og‘ir asoratlarni oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish