Inamov Bekzod Nizamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekin er maydonlaridan unumli foydalanishda er tuzish loyihalarini ishlab chiqish (Navoiy viloyati misolida)”, 06.01.10 - Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx472.
Ilmiy rahbar: Babajanov Allabergan Ro‘zimovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Reimov Nietbay Baynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Bahodirov Zafar Abduvalievich, biologiya fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi er tuzish loyihalarini ishlab chiqish asosida Navoiy viloyatidagi foydalanishdan chiqqan qishloq xo‘jaligi erlarini qayta foydalanishga kiritish uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er osti gips qatlamining joylashish chuqurligiga ko‘ra «yuza» (30-40 sm), «sayoz» (40-50 sm), «chuqurroq» (50-60 sm) va «chuqur» (>60 sm dan chuqur) deb baholangan guruhlarga ajratilgan va ular asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning avtomatlashgan er tuzish loyihasi tizimi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqib ketgan ekin erlarini foydalanishga qaytarishning uslubiyati takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi erlari hisobi aniqligini oshirish uchun qo‘zg‘almas geodezik belgilar asosida ma’lumotlarni geofazoviy bog‘lash usuli takomillashtirilgan;
Web-Java dasturlash tili asosida qishloq xo‘jaligi er osti gips qatlamlarini vizuallashtiruvchi «G-Layers» geoportali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Navoiy viloyatidagi ekin er maydonlaridan unumli foydalanishda er tuzish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqib ketgan ekin erlarini foydalanishga qaytarish uslubiyati Qishloq xo‘jaligi vazirligi Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Karmana tumani bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 4 martdagi 04/30-04/996-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqqan erlarni o‘zlashtirish va ulardan samarali foydalanishda uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
qo‘zg‘almas geodezik belgilar o‘rnatish usuli va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning avtomatlashgan tizimi Qishloq xo‘jaligi vazirligi «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti Navoiy bo‘linmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 4 martdagi 04/30-04/996-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi erlari yirik masshtabdagi elektron raqamli xaritalarini tuzish va er osti gips qatlamlarini inobatga olgan holda ekinlarni joylashtirish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi er osti gips qatlamlarini vizuallashtiruvchi «G-Layers» geoportali Qishloq xo‘jaligi vazirligi Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 4 martdagi 04/30-04/996-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanishdan chiqqan erlarni qayta foydalanishga kiritishda, qishloq xo‘jaligi ekinlari (boshoqli don, dukkakli va moyli ekinlar, poliz ekinlari)ni hamda mevali daraxtlarni to‘g‘ri joylashtirishda tezkor va samarali ma’lumotlar to‘plash va saqlash orqali erdan foydalanuvchilarga taqdim etish hamda qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga interaktiv xizmat ko‘rsatish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish