Kayumov Abduraxmon Abdumavlyanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemoblastozlarda virusli infeksiyalar rivojlanishida ayrim omillar ahamiyatining integrativ baholash», 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib113.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Baxovadinov Burxonidin Baxovadinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Daminov Turg‘unpo‘lat Obidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Soliev Qodir Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Gematologiya va transfuziologiya ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: onkogematologik kasalliklarda ayrim viruslar rivojlanishini har tomonlama tashxislash va prognoz omillarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mintaqa sharoitida mieloleykoz va limfoleykozlarda gerpes, sitomegalovirus va Epshteyn-Barr viruslarining uchrashi darajasi aniqlanib, limfoleykozlarda Epshteyn-Barr virusi, mieloleykozlarda gerpes virusi ko‘pligi asoslangan;
gerpes, sitomegalovirus va Epshteyn-Barr viruslari replikatsiyasida leykotsitlarning DNKga bog‘lanishi oqibatida mutant klonlar paydo bo‘lishi orqali leykogenezda xavf omillaridan biri ekanligi isbotlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasida hujayraviy va gumoral immun javobda ishtirok etuvchi sitokinlarning bir nuqtali polimorfizm shakllarining leykoz va virusli infeksiyalar rivojlanishidagi ahamiyati isbotlangan;
IFN-γ, TNFα sitokinlari polimorfizmining mutant shakllari leykoz kasalligini keltirib chiqarish ehtimoli yuqori ekanligi isbotlangan;
sitokinlarning mutatsiyali shakllari aniqlangan bemorlarda gerpeviruslar chaqirgan infeksion asoratlarini yanada og‘ir o‘tishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gemoblastozlarda virusli infeksiyalar rivojlanishining ayrim omillari ahamiyatini integrativ baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Surunkali mieloleykoz kasalligini infeksion asoratlarini viruslarga qarshi vositalar yordamida davo samaradorligini oshirish» mavzusida uslubiy qo‘llanma yaratilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 6 oktyabrdagi 8N-r/139-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali mieloleykozlarni davolashda viruslarga qarshi dori vositalarining ahamiyatini isbotlash va profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Limfoma kasalligida yuqori texnologik gemopoetik o‘zak hujayralari davolash usulini tatbiq qilish» uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan va Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti klinikasida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 6 oktyabrdagi 8N-r/141-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma gemopoetik o‘zak hujayralarni davolashda yuqori texnologik usullar yordamida tashxislash va samarali davolash imkonini bergan;
«Mieloma kasalligini yuqori texnologik usullar bilan tashxislash va gemopoetik o‘zak hujayralari bilan davolash» nomli uslubiy qo‘llanma chop etilgan hamda Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti klinikasida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 6 oktyabrdagi 8N-r/140-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali mieloleykozli bemorlarda viruslarga qarshi vositalarni kompleks davo bilan birgalikda qo‘llanilishi, bemorlarda infeksion asoratlari kamayib, davoni ambulator sharoitlarda olib borish imkonini bergan;
gemoblastozlarda virusli infeksiyalar rivojlanishining ayrim omillari ahamiyatini integrativ baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti laboratoriyasi va klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 12 dekabrdagi 8N-d/77-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali va o‘tkir leykozli bemorlarda virusli infeksiyalarning yo‘qolishiga, shifoxonada davolanish davomiyligini kamayishiga, kasallik asoratlarini kamaytirishga xizmat qilgan.