Davronov Obid O‘ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofadan zondlash orqali yaylov erlari monitoringini yuritish (Buxoro viloyati misolida)”, 06.01.10 - Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx469.
Ilmiy rahbar: Turaev Ruhiddin Amirqulovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Reimov Nietbay Baynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Namozov Normamat Chorievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi masofadan zondlash materiallari orqali yaylov erlari monitoringini yuritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor *style formatda yaylovlarning 288 ta elektron raqamli klassifikatori ishlab chiqilgan, shuningdek «kuchsiz», «o‘rtacha» va «kuchli» degradatsiyaga uchragan yaylov erlari raqamli shartli belgilar yaratilgan;
yaylov erlarining monitoringini yuritish jarayonida: kosmosurat > ArcGIS dasturi > «LocusGIS» ilovasi > tanlangan ob’ektga chiqish > «LocusGIS» ilovasi > ArcGIS dasturi > «Yaylov yerlari monitoring tizimi» portali ketma-ketligi mexanizmi asoslangan;
so‘nggi 26 yilda cho‘l yaylov erlarida o‘simliklar bilan qoplanganligi darajasi o‘rtacha 47% dan 45% ga, shuningdek, o‘rtacha hosildorligi 2,1 s/ga dan 1,9 s/ga ga (-0,3 s/ga) kamayganligi asoslangan, 1 ta shartli mol bosh soniga to‘g‘ri keladigan maydon ulushi esa 28,0 gektardan 32,4 gektarga (+4,4) ko‘payganligi aniqlangan;
degradatsiyaga uchragan yaylov erlarni normativ qiymatini belgilashda sifati jihatidan «yuqori», «o‘rtacha», «o‘rtachadan past» va «past» yaylovlarga ajratish orqali 1,0, 0,9, 0,8 va 0,7 koeffisient qo‘llagan holda hisoblash va tabaqalashgan er solig‘i belgilash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Masofadan zondlash orqali yaylov erlari monitoringini yuritish usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Lalmi va yaylov erlarida monitoring yuritish» bo‘yicha ilmiy-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 4-martdagi 04/30-04/997-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikadagi mavjud lalmi va yaylov erlari monitoringini yuritishda hamda ulardan samarali foydalanishda ilmiy-uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
«O‘simliklar dunyosi kadastri ma’lumotlari asosida yaylov va lalmikor erlardan foydalanish darajasini baholash va ekinlarni vegetatsiya ko‘rsatkichlarini bashoratlashning dasturiy ta’minoti» (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnoma: №DGU 09610. 07.12.2020 y.) yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 4-martdagi 04/30-04/997-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dasturiy ta’minot yaylov erlari monitoringini yuritish ishlarini muayyan darajada avtomatlashtirishga hamda sarf etilayotgan ortiqcha mehnat va mablag‘larni tejashga imkon bergan;
«Pasture land monitoring system» (Yaylov erlari monitorng tizimi) dasturi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Guvohnoma №DGU 16679. 06.06.2021). Natijada, ushbu portalda yaylov monitoringini yurtishda raqamlashtirishga erishilgan, Buxoro viloyatining yaylov erlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va undan ochiq foydalanishga imkon bergan.
«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda holati yomon bo‘lgan erlarni yo‘qlamadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar» ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 4-martdagi 04/30-04/997-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqqan erlarni aniqlash hamda holati yomon erlardan samarali foydalanishda ilmiy-uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
«Qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo‘jaligi ekin erlarini normativ qiymatini aniqlash» (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnoma: №DGU 11541. 21.06.2021 y.) dasturi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 4-martdagi 04/30-04/997-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dasturiy ta’minot qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan tezkor ma’lumotlar taqdim etishda qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarning yaylov erlarini normativ qiymatini aniqlash imkonini bergan.