Jonqobilov Sobir Ulug‘murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikki komponentli naporli oqimda zarb to‘lqini tezligini hisoblash usulini takomillashtirish”, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2158.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Ismatillo Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori, professor; Shakirov Baxtiyar Maxmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nasos stansiyalari naporli quvurlarida ikki komponentli oqimda havo miqdori o‘zgarishini hamda gidravlik qarshiliklarni inobatga olib zarba to‘lqini tezligini hisoblash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasos stansiyasi naporli quvurlarida ikki komponentli oqimda gidravlik zarba to‘lqini tezligini oqimda havo miqdorini o‘zgarishi asosida takomillashtirilgan;
gidravlik zarbada bosimning keskin oshishi politropik jarayonligi asosida politropa ko‘rsatkichini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
nasos stansiyasi naporli quvurlarida gidravlik zarba parametrlariga quvurning qarshiligini baholash asosida gidravlik ishqalanish koeffisientini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
to‘g‘ri gidravlik zarba jarayonida yuzaga keladigan maksimal napor va zarba to‘lqini tezligiga oqimning barqaror harakatdagi parametrlari ta’sirini ifodalovchi matematik bog‘lanish ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki komponentli naporli oqimda zarb to‘lqini tezligini hisoblash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
nasos stansiyasining naporli quvurlarida elektr ta’minoti to‘satdan uzilganda sodir bo‘ladigan gidravlik zarbaning asosiy parametri zarba to‘lqini tarqalish tezligini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga joriy etishga tavsiya etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi ZD33250384-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyasining naporli quvurida gidravlik zarba oqibatini kamaytirish hisobiga nasos stansiyasidan xavfsiz foydalanish imkoniyati yaratilgan;
nasos stansiyasida gidravlik zarba jarayonida to‘lqin tarqalish tezligi va bosimni hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga joriy etishga tavsiya etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi ZD33250384-son ma’lumotnomasi). Natijada gidravlik zarba jarayonida nasos stansiyasi naporli quvurlarini himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
nasos stansiyasining naporli quvurlarida gidravlik zarba parametrlarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga joriy etishga tavsiya etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi ZD33250384-son ma’lumotnomasi). Natijada kutilgan iqtisodiy samaradorlik 37 000 000 (o‘ttiz etti million) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish