Raximov Zoxidjon Tayirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investisiyalardan samarali foydalanishning ekonometrik modellari”, 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1994.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Boyxonov Baxodir Tursunbaevich, iqticodiyot fanlari doktori, dotsent; Raximov Anvar Norimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investisiyalardan samarali foydalanishning ekonometrik modellarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududning ishlab chiqarish salohiyati tabiiy va mehnat resurslari, asosiy kapital va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning o‘zaro ta’siri jarayonida shakllanishini e’tiborga olib retrospektiv tahlil usuli yordamida hududning investision salohiyatini baholashning eng muhim mezonlar algoritmining maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
hududlarga xorijiy investisiyalarni jalb etish faolligini ko‘rsatuvchi hamda xorijiy investisiyalardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi  omillarni baholash usullari SEM-modelining maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
O‘zbekiston Respublikasi hududlariga xorijiy investisiyalarni jalb etish salohiyatini diagnostika qilish bo‘yicha dasturiy ta’minot hududlarga xorijiy investisiya jalb etishning mexanizmi yangi elementlarni kombinatsiyalash asosida ishlab chiqilgan  algoritmning  maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
O‘zbekiston Respublikasi hududlarining iqtisodiyotining 2022-2026 yillarda ekstensiv, intensiv va raqamli texnologiya ta’siridagi rivojlanish prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni ekonometrik modellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududning ishlab chiqarish salohiyati tabiiy va mehnat resurslari, asosiy kapital va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning o‘zaro ta’siri jarayonida shakllanishini e’tiborga olib retrospektiv tahlil usuli yordamida hududning investision salohiyatini baholashning eng muhim mezonlar algoritmi bo‘yicha bergan takliflari Xorazm viloyati hokimligi amaliyotida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2022 yil 5 martdagi 7-1452-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida O‘zbekiston Respublikasi hududining xorijiy investisiya monitoringini olib borish imkonini bergan; 
hududlarga xorijiy investisiyalarni jalb etish faolligini ko‘rsatuvchi hamda xorijiy investisiyalardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni baholash usullari SEM-modelidan Xorazm viloyati hokimligi amaliyotida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2022 yil 5 martdagi  7-1452-son ma’lumotnomasi). Ushbu model` yordamida hududlarga xorijiy investorlarning jalb etish jadalligi aniqlangan; 
O‘zbekiston Respublikasi hududlariga xorijiy investisiyalarni jalb etish salohiyatini diagnostika qilish bo‘yicha dasturiy ta’minot hududlarga xorijiy investisiya jalb etishning mexanizmi yangi elementlarni kombinatsiyalash asosida ishlab chiqilgan algoritmi Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2022 yil 5 martdagi 7-1452-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga tadbiqi natijasida hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga hamda xorijiy investisiyalarni jalb etishga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarni umumlashgan ko‘rinishda statistik baholash  hamda xorijiy investisiyalardan samarali foydalanish hisobiga 2020 yilda hududiy iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyatida aholi bandligi o‘rtacha 3,7 foizga ta’minlanib, aholi jon boshiga real daromadini 12,6 foizga oshirish imkonini bergan; 
O‘zbekiston Respublikasi hududlarining iqtisodiyotining 2022-2026 yillarda ekstensiv, intensiv va raqamli texnologiya ta’siridagi rivojlanish prognoz ssenariylari bo‘yicha takliflari Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2022 yil 5 martdagi  7-1452-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz natijalari bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan hududlarni iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.a

Yangiliklarga obuna bo‘lish