Azimov Shavkat Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oqova suvlarni bioremediatsion yo‘l bilan tozalash», 03.00.12 – Biotexnologiya, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (biologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B705.
Ilmiy rahbarlar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixaliqovich, biologiya fanlari doktori, professor; Turobjonov Sadritdin Maxamaddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03.30.12.2019.B.72.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ldosheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Sattarov Abdumurod Sattarovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat verinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: terini qayta ishlash korxonalaridan chiqayotgan texnik oqova suvlar tarkibidagi xrom (Cr) miqdorini bioremediatsiya usulida tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xromli (Cr6+) oqava suvda A.caroliniana, L.minor, P.stratiotes, E. srassipes) o‘sib rivojlanishi va yashovchanlik ko‘rsatkichlari ilmiy asoslangan;
terini qayta ishlash korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarning dastlabki va fizik-kimyoviy ishlov berilgandan keyingi kimyoviy tarkibi aniqlangan;
xromning yuqori darajasiga (artizan suvi va korxonaning ishlab chiqarishdan chiqqan qoldiq suvi asosida xromning 30% gacha miqdoriga chidamli bo‘lgan A.caroliniana ning moslashgan kul`turasi olingan va uning yashovchanlik ko‘rsatkichlari: ((mg/l) 0,50,87%, 1,00,68%, 1,50,59%, 2,00,50%, 2,50,46%, 3,0039%) aniqlangan;
ilk bor Azolla caroliniana ning turli xil konsentratsiyali xrom saqlagan oqova suvlar tarkibidan xromni (4,87 mg/l xromni 2,34 mg/l gacha) kamaytirishi va quruq massasiga nisbatan o‘rtacha 0,56-1,09 mg/g miqdorda xromni sorbsiyalashi qobiliyati isbotlangan;
azollaning rivojlanishi davomida natriyni o‘stirishning 7-kunida 27,92 mg/g, 10-kunida 36,72 mg/g, xlorni o‘stirishning 7-kunida 1,67 mg/g, 10-kunida 47,69 mg/g miqdorida to‘plashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuksak suvo‘tlari asosida terini qayta ishlash korxonalari oqova suvi tarkibidagi xrom miqdorini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqova suvlar tarkibidagi xrom qoldiq miqdorini A.caroliniana makrofiti asosida bioremidatsion yo‘l bilan tozalash “PENG-SHENG CHARM” MChJ qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O’zcharmsanoat» uyushmasining 2021 yil 9 iyundagi AS-9/1621-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sirdaryo viloyatidagi «Sho‘ro‘zyak» zovuriga tashlanadigan oqova suvning kimyoviy tarkibi zararsizlantirilgan, bu esa ekologik vaziyatni barqororlashtirish imkonini bergan;
sun’iy sharoitda turli xil konsentratsiyalarda xrom (6+) bilan zararlantirilgan artizan suvi va korxona qoldiq suvi asosida xromning 30% gacha miqdoriga chidamli bo‘lgan A.caroliniananing xromga moslashgan kul`turasi «PENG-SHENG CHARM» MChJ qo‘shma korxonasida amaliyotga qo‘llanilgan («O’zcharmsanoat» uyushmasining 2021 yil 9 iyundagi AS-9/1621-son ma’lumotnomasi). Natijada, xromga moslashgan A.caroliniana kul`turasi oqova suv tarkibidagi xrom (6+) miqdorini 54000 dan 2200 mg/l gacha, tatqiqotning 14-kuniga kelib 54000 dan 20 mg/l miqdorigacha kamaytirish imkonini bergan.