Azimov Dilmurod Mirusmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yangi polikondensatsion anionitlardan foydalangan holda oqova va sanoat suvlarini tozalash», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K303.
Ilmiy rahbar: Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkentkimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02. 
Rasmiy opponentlar: Muxammedov Qobiljon G‘ofurovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Arslanov Sharafutdin Sultanovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy chiqindilardan polikondensatsion anionitlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va ulardan oqova va sanoat suvlarini tozalashda foydalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor antratsen, furfurol va PEPA polikondensatsiyasi orqali molibden ionlariga tanlovchan qobiliyatga ega, rangli metall ionlari bilan kompleks birikmalar hosil qiluvchi - kuchsiz asosli, polifunksional, termokimyoviy barqaror anionit olingan;
olingan import o‘rnini bosuvchi ion almashuvchi polimerning asosiy ekspuluatatsion xossalarning (mis, nikel, molibden va boshq. ionlarining sorbsiyasi, sorbsion sig‘imi, funksional guruhlarning dissotsilanish darajasi) boshlang‘ich xomashyo materialining kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy va sorbsion xossalariga korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
sanoat oqava suvlarni tozalash va ayrim metall ionlarini ajratish jarayonlari uchun xususiyatlari avvaldan belgilangan ion almashinuvchi polimer olish uchun mahalliy ishlab chiqarilgan furfuroldan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Sharg‘un ko‘mir» AJ chiqindi mahsuloti bo‘lgan toshko‘mir smolasidan anionit sintezi uchun antratsen va «Navoiazot» AJning PVX ishlab chiqarish chiqindi mahsuloti bo‘lgan dixloretandan PEPA olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Polikondensatsion anionitlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va ulardan oqova hamda sanoat suvlarini tozalashda foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
molibden ionlariga tanlovchan bo‘lgan termokimyoviy anionit olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06687, 2021 y.). Natijada, siklik uglevodorod sifatida antratsendan foydalanilgan molibden ionlari bo‘yicha tanlovchan termokimyoviy anionit olish imkonini bergan;
polikondensatsion ionalmashinuvchi polimerlar asosidagi anionitlardan ammoniy molibdat eritmalari tarkibidagi molibdenni ajratish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 30 iyundagi AA-005603-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona oqava suvlarini molibden ionlaridan standart meyyorlargacha tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish