Paxratdinova Rita Oteulievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “5-7-sinf o‘quvchilarining milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2818.
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Askarov Abror Davlatmirzaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Isaqulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-7-sinf o‘quvchilarining milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5-7-sinf o‘quvchilarining milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari texnologiya fanini o‘qitish jarayonida psixologik ta’sir ko‘rsatish hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik ta’minotidan unumli foydalanish orqali bosqichlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
5-7-sinf o‘quvchilarida milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatli modeli ta’lim jarayonidagi maqsadli, mazmunli, jarayonli va natijaviy komponentlarining “sub’ekt-ob’ekt” dan “sub’ekt-sub’ekt” hamkorlik munosabatlariga o‘tish funksiyalarini hamda innovatsion texnologiyalardan g‘ayriodatiy mohiyatdan voqelikka o‘tish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni ma’naviy-kasbiy tarbiyalash komponentlari ijodkorlik kompetensiyalari mazmuni “Crafts”, “SMART” va “Event” texnologiyalari vositasida improvizatsiya hamda refleksivlik prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
milliy hunarmandchilik vositasida ijodkorlik kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari improvizatsiya va refleksivlik prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
5-7-sinf o‘quvchilarining milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
texnologiya fanini o‘qitish jarayonida psixologik ta’sir ko‘rsatish omillarini (kognitiv, affektiv va psixomotor) asoslash hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik ta’minoti unumli foydalanish orqali 5-7-sinf o‘quvchilarining milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari aniqlashtirishga oid tavsiyalar ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan hamda Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2016-2019 yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP “Oliy ta’lim sohasida salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER – Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 01.03.2022 yil 01/11-01/11-265-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida texnologiya fani o‘quv mashg‘ulotlarida 5-7-sinf o‘quvchilarining milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish mexenizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
umumta’lim maktablarining 5-7-sinf o‘quvchilarida milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatli modelini ta’lim jarayonidagi maqsadga, mazmunga, jarayonga va natijaviy komponentlarining “sub’ekt-ob’ekt” dan “sub’ekt-sub’ekt” munosabatlarga o‘tishligini aniqlashtirilgan hamda innovatsiyon texnologiyalar asosida o‘qitish mexanizmi ishlab chiqishga oid tavsiyalaridan PZ-2014-0912150534 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” (2015-2018 yy.) mavzucidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining 14.02.2022 yil 03-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yondashuvlar 5-7-sinf o‘quvchilarining milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlarining sifat va samaradorligini ta’minlagan;
milliy hunarmandchilik namunalari vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-kasbiy tarbiyalash tizimi komponentlari (aksiologik, qadriyatli, tizimli-faoliyatli, rivojlantiruvchi) va ijodkorlik kompetensiyalari mexanizmi (bilish, o‘rganish, axborot, kommunikativ) mazmuni “Crafts”, “SMART” va “Event” texnologiyalari vositasida improvizatsiya va refleksivlik prinsiplariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqishga oid tavsiyalardan “Texnologiya ta’limida o‘quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid ijodkorlik faoliyatini loyihalashtirish texnologiyasini takomillashtirish” va “Maktab texnologiya ta’limida milliy kashtachilikni o‘rganish” nomli uslubiy qo‘llanmalarni yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 17.01.2022 yil 01-01/5-68-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar «Texnologiya» fani mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan uslubiy qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan;
5-7-sinf o‘quvchilarining milliy hunarmandchilik vositasida ijodkorlik kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari (reproduktiv, produktiv, ijodkorlik va evrestik) aniqlashtirishga oid tavsiyalardan 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya  va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884-son “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2019 yil 28 noyabrdagi PQ-4539-son “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 01.03.2022 yil 01/11-01/11-265-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar «Texnologiya» fani mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish