Duschanov Rasuljon Raximbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sovet davlatining soliq siyosati (1946-1991 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar236.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Muminov Nozim Gaffarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sovet davlatining soliq siyosati va uni amalga oshirilishi jarayonlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ikkinchi jahon urushi yillarida fuqarolarning frontga safarbarligini oshirish, etim bolalarni boqish harajatlarini qoplash, demografik pasayishning oldini olish uchun dastlab “bo‘ydoq, yolg‘iz va farzandsiz fuqarolar”, keyinchalik “bo‘ydoq, yolg‘iz va kam bolali fuqarolar” solig‘i joriy etilganligi hamda fuqarolarni maoshiga qarab ishchi-xizmatchi, adabiyot va san’at vakillari, kolxozchi kabi toifalarga ajratgan holda soliqlarni bir yilda teng qismlarga bo‘lib undirishning vaqtinchalik xarakter kasb etganligi aniqlangan;
urushdan keyingi yillardagi “sotsializm va kommunizm jamiyati” qurishdan iborat dasturiy rejalardagi soliqlarni bekor qilish siyosati oliy ma’lumotli soliqchi mutaxassislarni tayyorlashga imkon bermaganligi, soliq va yig‘imlar boshqarmasi davlat daromadlar boshqarmasi tarkibiga kiritilgan bo‘lsa-da, “qayta qurish” yillarida davlat daromadlarini oshirish zarurati tufayli Davlat Soliq Bosh inspeksiyasi, keyinchalik Davlat Soliq Bosh boshqarmalari alohida muassasa sifatida qayta tashkil etilganligi aniqlangan; 
soliq yig‘ish ishlarini tashkil qilishda soliq yig‘uvchilarning mahalliy soliq va yig‘imlar, xususan, qurilish solig‘i, er rentasi, transport vositalari egalaridan olinadigan soliq, chorva mollari, kolxoz bozorlarida yig‘iladigan bir martalik yig‘imlarni hisobga olishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi hamda bir martalik to‘lovlarni qayta – qayta to‘latish orqali qarzdorlikni yopganliklari isbotlangan;
1953 yilda qabul qilingan qishloq xo‘jaligi solig‘idan kelib chiqib respublika miqyosida kartoshka, sabzavot, bog‘dorchilik, poliz, tokzorlar, donli ekinlar, chorva mollari (mahsuldor va uy xo‘jaligida foydalanilgan hayvonlar)dan olinadigan soliqlar miqdori hududga qarab turlicha belgilanganligi, pichanzor, cho‘chqa va asalari uyalariga to‘lanadigan soliqlar esa viloyatlar kesimida bir xil miqdorda to‘langanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1946-1991 yillarda sovet davlati soliq siyosati masalasiga doir olingan ilmiy natija va takliflardan:
1946-1990 yillarda O‘zbekistonda soliq tizimining shakllanish tarixi va uning takomillashuv bosqichlari yuzasidan olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti va soliq texnikumlarida shu soha tizimining rivojlanish tarixiga mos bo‘lgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasining 2021 yil 8 noyabr` 18/1-68306-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar sovet hukmronligi davrida soliq siyosati, soliqlarni yig‘ish tartibi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi soliqlar yig‘imi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni birlamchi manbalar asosida yoritib berishga xizmat qilgan;
soliqlarni undirishda mahalliy aholining sovet davlati tomonidan qatag‘on girdobiga tortilganligi, xususan, Inqilobiy tribunal tomonidan ularga nisbatan belgilangan soliqlarni (qishloq xo‘jalik solig‘i, suv yig‘imi solig‘i, o‘zini – o‘zi soliqqa tortish, bir martalik to‘lov) umuman to‘lamaganlikda ayblanib, jazoga tortilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozisiyalarini boyitishga xizmat qildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2021 yil 31 may 138-son ma’lumotnomasi). Bu sovet hokimiyati yillari shaxsiy xo‘jaliklar faoliyat ko‘rsatishining huquqiy va iqtisodiy asoslarini yo‘qotish uchun o‘ziga to‘q dehqonlar va ularning oila a’zolarini chekka mintaqalarga majburiy ko‘chirilishi stalincha surgun qilish konsepsiyasining tub mohiyati bo‘lganligini, sovetlarning qatag‘on siyosati O‘zbekistondagi ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazganligi xususidagi yangicha tarixiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qilgan; 
Sovet davlati hukmronligi yillarida “bo‘ydoq, yolg‘iz va farzandsiz fuqarolar”, keyinchalik “kam bolali fuqarolar” kabi soliqlardan davlat byudjetini to‘ldirishda foydalanilganligi, sovet davlatining soliqlarni bekor qilish haqidagi siyosatini amalga oshirish borasidagi harakatlari, O‘zbekistonda soliqlar va ularni undirishdagi hatoliklar, malakali mutaxassislarning etishmasligi kabi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” va “Taqdimot” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 14 oktyabrdagi 01-02-1624 – son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar sovet soliq siyosatini amalga oshirishda juda katta nuqsonlarga yo‘l qo‘yilganligi, byudjet siyosatida sarflash ustun bo‘lganligi, lekin ularning natijasi bo‘lmaganligi ilmiy asosda yoritib berilgan;
Ikkinchi jahon urushi yillarida dastlab “Bo‘ydoq, yolg‘iz va farzandsiz fuqarolar”, keyinchalik “bo‘ydoq, yolg‘iz va kam bolali fuqarolar” solig‘i joriy etganligi, mamlakat soliq tizimida oliy ma’lumotli kadrlar etishmasligi, urushdan keyingi yillarda davlat daromadlarini oshirish zarurati tufayli Davlat Soliq Bosh inspeksiyasi, keyinchalik Davlat Soliq Bosh boshqarmalari alohida muassasa sifatida qayta tashkil etilganligi, mahalliy soliq va yig‘imlarni hisobga olishda mas’ul kadrlar tomonidan e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yganligi hamda bir martalik to‘lovlarni qayta – qayta to‘latish orqali qarzdorlikni yopganliklari, qishloq xo‘jaligi solig‘idan kelib chiqib respublika miqyosida soliqlar miqdori hududga qarab turlicha belgilanganligi, ba’zi soliqlar esa viloyatlar kesimida bir xil miqdorda to‘langanligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 maydagi 06-31-742 – son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar sovet soliq siyosatini amalga oshirishda juda katta nuqsonlarga yo‘l qo‘yilganligi, byudjet siyosatida sarflash ustun bo‘lganligi, lekin ularning natijasi bo‘lmaganligi ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish