Mamatova Nodira Muxtarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tamaki va nos iste’mol qilishning tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari», 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib120.
Ilmiy maslahatchi: Menlikulov Paraxat Rskulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamraev Atadjan Karimovich, tibbiyot fanlari doktori; Sharipova Madina Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholi salomatligini muhofaza qilishda tamaki va nos chekishning profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tamaki va nos mahsulotlarining tarqalishi hamda iste’mol qilinishining oldini olishga qaratilgan taklif va tavsiyalar asoslab berilgan;
tamaki va nos iste’mol qilish tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olishning tibbiy-tashkiliy tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
tamaki chekishning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq davlatga etadigan iqtisodiy zararlari aniqlangan va aholi orasida nos chekish bo‘yicha murakkab epidemiologik vaziyatning vujudga kelish sabablari ilmiy asoslab berilgan;
tamaki mahsulotlariga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigienik normativlari asosida gigienik hamda tashkiliy talablar takomillashtirilgan;
tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish bo‘yicha shaxsning xulq-atvorini shakllantirishga qaratilgan zamonaviy valeologik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 5 oktyabrdagi O‘RQ–302-son «Alkogol` va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonuni 4, 6 va 8-moddalarida (tamaki mahsulotlarining tarqalishi hamda iste’mol qilishning oldini olish va salbiy ta’siri profilaktikasi) hamda 12, 13 va 19-moddalarida (aholi o‘rtasida tamaki chekish oldini olishning tibbiy-valeologik tadbirlari) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 15 fevraldagi 04/3–06–258–74 vx-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning oldini olish va salbiy ta’siri profilaktikasi samaradorligini oshirish imkonini bergan;
tamaki mahsulotlariga qo‘yiladigan tibbiy-tashkiliy va gigienik talablarni takomillashtirish yuzasidan olingan takliflar «Tamaki mahsulotlariga gigienik talablar bo‘yicha sanitariya qoida va me’yorlari» tarkibida (2.10 va 2.13-bandlar) tasdiqlanib (0259–08-son), amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 26 fevraldagi 8n–3/47-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tamaki zararini kamaytirish va iste’moli tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tibbiy-tashkiliy tadbirlarni samarali tashkil qilish imkonini bergan;
aholining hayot sifati darajasini oshirish va tamaki chekishdan voz kechishga qaratilgan valeologik tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va ta’lim muassasalari pedagogik amaliyotida foydalanishga ruxsat etilgan.