Sunnatov Nurali Bekmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim innovatsiyalarining falsafiy-metodologik jihatlari”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal351.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Musaev Faxriddin Abdisattorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi dunyo ta’lim innovatsiyalarining umumiy ta’lim tizimiga ta’siri, oliy ta’limdagi innovatsiyalarning barkamol shaxs tarbiyasidagi o‘rnining falsafiy-metodologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klassik ta’limning innovatsion-interaktiv va masofaviy ta’lim shakllaridan institusional, natijalarni baholash va metodologik jihatdan farqi, o‘zaro tizimlilikka asoslangan fundamental aloqadorligi, ijtimoiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usi innovatsion ta’limning maqsadi ekanligi ochib berilgan;
ta’lim innovatsiyalari taraqqiyotini prognozlashtirish natijalari dialektikaning bog‘lanishlarini aks ettirishi sababli imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif kategoriyalariga bog‘liqligi asoslangan;
global ta’lim makonini yaratish, ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ta’lim oluvchining dunyoqarashini shakllantirish kabi jihatlarni milliy ta’lim tizimiga joriy etishda paradigmal, kreativ, innovatsion omillardan foydalanishning bilishga doir nazariy va ilmiy faoliyat bilan bog‘liq epistemologik jihatdan amaliy ahamiyati ochib berilgan;
an’anaviy ta’limdan innovatsion ta’limga o‘tishda tafakkur beqarorligini bartaraf etishning hissiy, nazariy, empirik, bilimlarni birlashtirish usullari va innovatsion jarayon natijalarini baholash samaradorlik ko‘rsatgichlarini aniqlashi sababli gnoseologik mohiyati idrok etish, bilish va imkoniyatga bog‘liqligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Ta’lim innovatsiyalarining falsafiy metodologik tahlili mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
klassik ta’limning innovatsion-interaktiv va masofaviy ta’lim shakllaridan institusional, natijalarni baholash va metodologik jihatdan farqi, o‘zaro tizimlilikka asoslangan fundamental aloqadorligi, ijtimoiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usi innovatsion ta’limning maqsadi ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, jumladan «O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasiga kirib kelgan yangi innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanish» mavzusida uyushtirilgan suhbatda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 11 martdagi 4-13-23-637-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va 100 ta innovatsion g‘oya loyihasining ijrosini ta’minlashda innovatsion ta’lim metodologiyasidan foydalanilishiga xizmat qilgan;
ta’lim innovatsiyalari taraqqiyotini prognozlashtirish natijalari dialektikaning bog‘lanishlarini aks ettirishi sababli imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif kategoriyalariga bog‘liqligiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» telekanalining «Reportyor», «Mahalla tongi» ko‘rsatuvlari ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 31 yanvardagi 01-12/69-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan innovatsion islohotlarni mahalla yoshlari ongiga singdirish, ularda oliy ta’lim tizimida o‘qib, etuk mutaxassis kadr bo‘lish istagini shakllantirish, mustaqil fikrlovchi yosh mutaxassislarning maqsadli faoliyatini tashkil etish davlat siyosatining ustuvor maqsadlaridan biri ekanligini tushunishiga xizmat qilgan;
an’anaviy ta’limdan innovatsion ta’limga o‘tishda tafakkur beqarorligini bartaraf etishning hissiy, nazariy, empirik, bilimlarni birlashtirish usullari va innovatsion jarayon natijalarini baholash samaradorlik ko‘rsatgichlarini aniqlashi sababli gnoseologik mohiyati idrok etish, bilish va imkoniyatga bog‘liqligiga oid xulosalardan bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun «Falsafa» darsligini hamda «Falsafa» (qo‘llash sohasi) magistratura mutaxassisligi uchun «Ta’lim falsafasi» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 89-03-0072-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha yangi metodologik yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
an’anaviy ta’limdan innovatsion ta’limga o‘tishda tafakkur beqarorligini bartaraf etishning hissiy, nazariy, empirik, bilimlarni birlashtirish usullari va innovatsion jarayon idrok etish, bilish va imkoniyatga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining «Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» nomli ilmiy loyihasida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 3 maydagi 02/08-491/1-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi, ta’lim innovatsiyalarini amaliyotda qo‘llash va uzluksiz ta’lim dasturi asosida faoliyatni tizimli tashkil qilishga xizmat qilgan.