Ziyodov Shovosil Yunusovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XV-XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda kutubxonachilik tarixi (qo‘lyozma manbalar va ulardagi muhrlar tahlili asosida)”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Tar156.
Ilmiy rahbar: Bahodirov Roiq Majidovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Ashirbek Qurbonovich, tarix fanlari doktori, professor; Shodmonova Sanobar Bozorbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Ergashev Baxtiyor Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XV-XX asr boshlarida yozilgan qo‘lyozma manbalar va ulardagi muhrlarni o‘rganish orqali Markaziy Osiyoda kutubxonalarning alohida o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XV-XIX asrda bilim etkazishda muhim vosita sanalgan kitoblarni jamlovchi yagona maskan – kutubxonlar faoliyati jamiyatda katta ahamiyatga egaligi sababli vaqf va jamoat va hatto saroy kutubxonalari boshlig‘i lavozimiga nomzodlar Buxoro xonligi ijtimoiy-madaniy va diniy-ma’rifiy hayotida yetakchi rolga ega bo‘lgan qozi kalonlar (bosh qozi – قاضي القضات) tomonidan tayinlangani aniqlangan;
Buxorodagi eng yirik Arkda joylashgan saroy kutubxonasida arab tilidan tashqari fors, turk, xitoy, uyg‘ur, pushtu tillaridagi kitoblarning saqlanishi Buxoro xonligida ilmiy til bo‘lgan arab tilining o‘rnini fors va turkiy tillar egallagani hamda saroyda turli millatga mansub olimlar faoliyat olib borgani natijasi ekani dalillangan;
Somoniylar (X asr), Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida (XVI – XVII asrlar), Buxoro xonligi davrida (XVIII – XIX asrlar) Buxoroda, Amir Temur va Ulug‘bek davrida Samarqandda, Shohrux, Boysunqur, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida (XV – XVI asrlar) Hirotda, Marv (XI – XII asrlar) va Qo‘qonda (XVIII – XIX asrlar)dagi kutubxonalarda bugungi zamonaviy kutubxonalar va bosmaxonalardagi faoliyatning jamlangani hamda qo‘lyozmalarni ko‘paytirish va nusxa olish, muqovasozlik, turli xat turlarining qo‘llangani aniqlangan;
Ashtarxoniylar (1598-1758) davriga kelib, iqtisodiy va siyosiy tanazzul sababli Xoja Muhammad Porso kutubxonasining tartibsiz holatga kelishi natijasida u erdagi qo‘lyozmalar talon-toroj qilinib, aksariyati bozorlarda sotila boshlagani, Mang‘itlar sulolasi vakili Doniyol otaliq (1758-1785) hukmronligi paytidagi barqarorlik sababli mazkur kutubxona yangi kitoblar bilan boyitilgani va qo‘lyozmalar davlat tomonidan tartibga solinib, ularga muhrlar bosish amaliyoti tizimlashtirilgani isbotlangan;
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarda Turkiston kutubxonalarida ilm-fan rivojiga monand ravishda boyib, Evropada ilm-fan taraqqiyoti va jadidlarning ushbu ilmlarni mahalliy xalqqa “taqdim qilishi” natijasida kutubxonalarda G‘arb tillaridagi minglab adabiyotlarning paydo bo‘lgani dalillangan;
XV asrdan boshlab Markaziy Osiyoda muhrchilik an’anasining rivojlanishi hamda kitoblarning qo‘ldan-qo‘lga o‘tish holatining ko‘payishi natijasida qo‘lyozmalardagi muhrlar kitobning egasi – صاحب الكتاب, vaqf – الوقف va kutubxona – المكتبة to‘g‘risidagi muhim ma’lumotlarni o‘zida saqlagan birlamchi manba bo‘lib xizmat qilgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyoda kutubxona tarixi va madaniyati rivojida muhim o‘rin tutgan tarixiy manbalarni tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
XV-XIX asrda bilim etkazishda muhim vosita sanalgan kitoblarni jamlovchi yagona maskan – kutubxonlar faoliyati jamiyatda katta ahamiyatga egaligi sababli vaqf va jamoat va hatto saroy kutubxonalari boshlig‘i lavozimiga nomzodlar Buxoro xonligi ijtimoiy-madaniy va diniy-ma’rifiy hayotida yetakchi rolga ega bo‘lgan qozi kalonlar (bosh qozi – قاضي القضات) tomonidan tayinlangani aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “Samarqand allomalari” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2020 yil 17 iyundagi 189/20-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari uchun Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari qo‘lyozmalari bilan ishlashda qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qilgan;
Buxorodagi eng yirik Arkda joylashgan saroy kutubxonasida arab tilidan tashqari fors, turk, xitoy, uyg‘ur, pushtu tillaridagi kitoblarning saqlanishi Buxoro xonligida ilmiy til bo‘lgan arab tilining o‘rnini fors va turkiy tillar egallagani hamda saroyda turli millatga mansub olimlar faoliyat olib borgani natijasi ekani dalillangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “Markaziy Osiyo allomalari tarixi” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 12 avgustdagi 4170-son ma’lumotnomasi). Natijada islom ilmlariga oid ma’ruzlar tinglovchilarda XV-XX asrlarda boshlarida Markaziy Osiyoda kutubxonachilik tarixi haqidagi bilimlar kengayishiga xizmat qilgan;
Somoniylar (X asr), Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida (XVI – XVII asrlar), Buxoro xonligi davrida (XVIII – XIX asrlar) Buxoroda, Amir Temur va Ulug‘bek davrida Samarqandda, Shohrux, Boysunqur, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida (XV – XVI asrlar) Hirotda, Marv (XI – XII asrlar) va Qo‘qonda (XVIII – XIX asrlar)dagi kutubxonalarda bugungi zamonaviy kutubxonalar va bosmaxonalardagi faoliyatning jamlangani hamda qo‘lyozmalarni ko‘paytirish va nusxa olish, muqovasozlik, turli xat turlarining qo‘llangani isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtama asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlari ensiklopediyasi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlar idorasining 2020 yil 15 dekabrdagi 2567-son ma’lumotnomasi). Natijada istifoda etuvchi talabalarga hududda faoliyat olib borgan kutubxonalar tarixi va ilmiy-ma’rifiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni etkazishga xizmat qilgan;
Ashtarxoniylar (1598-1758) davriga kelib, iqtisodiy va siyosiy tanazzul sababli Xoja Muhammad Porso kutubxonasining tartibsiz holatga kelishi natijasida u erdagi qo‘lyozmalar talon-toroj qilinib, aksariyati bozorlarda sotila boshlagani, Mang‘itlar sulolasi vakili Doniyol otaliq (1758-1785) hukmronligi paytidagi barqarorlik sababli mazkur kutubxona yangi kitoblar bilan boyitilgani va qo‘lyozmalar davlat tomonidan tartibga solinib, ularga muhrlar bosish amaliyoti tizimlashtirilgani isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lyozma asarlar reestri” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 12 apreldagi 02-33/993-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy jamoatchilikda xorijdagi qo‘lyozmalarni aniqlash, ularning paleografik va kodikologik tahlili, tipologiyasini amalga oshirishga doir bilimlari boyishiga xizmat qilgan;
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarda Turkiston kutubxonalarida ilm-fan rivojiga monand ravishda boyib, Evropada ilm-fan taraqqiyoti va jadidlarning ushbu ilmlarni mahalliy xalqqa “taqdim qilishi” natijasida kutubxonalarda G‘arb tillaridagi minglab adabiyotlarning paydo bo‘lgani dalillangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan buyurtma asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturining V bob, 20-bandidagi “Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, VII bob, 29-bandidagi “Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar , muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” loyihasi”ni shakllantirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 10 avgustdagi 02/11-676-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ma’nan barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishi uchun jadidlarning ma’rifatparvarlik yo‘lidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida bilimlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
XV asrdan boshlab Markaziy Osiyoda muhrchilik an’anasining rivojlanishi hamda kitoblarning qo‘ldan-qo‘lga o‘tish holatining ko‘payishi natijasida qo‘lyozmalardagi muhrlar kitobning egasi – صاحب الكتاب, vaqf – الوقف va kutubxona – المكتبة to‘g‘risidagi muhim ma’lumotlarni o‘zida saqlagan birlamchi manba bo‘lib xizmat qilgani isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilayotgan “Xalq mulki”, “Ibtido”, “Tarixiy savol” kabi tizimli ko‘rsatuvlar ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 14 apreldagi 02-06-772-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy va diniy-ma’rifiy bilimlarni oshirishda xizmat qilgan kutubxonalar tarixi va faoliyati haqida aholiga faktlarga boy ma’lumotlarni etkazishga xizmat qilgan