Xudaybergenov Azamat Abdiqalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Madaniyatlararo muloqotda inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari (ingliz va qoraqalpoq tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1674.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Juraeva Iroda Axmedovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarning lingvomadaniy, milliy va millatlararo munosabatlardagi umumiy va farqli jihatlarini lingvomadaniy tahlil asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillari frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash orqali har ikki tilning tafakkuri, mental olami, urf-odatlari, tarixi va dunyoqarashining inson xarakterini ifodalovchi frazeologik olam tasvirida bevosita aks etishi kross-madaniy usul orqali isbotlangan;
inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarning struktur-semantik xususiyatlarini aniqlash orqali ingliz va qoraqalpoq tillari kesimida inson xarakterinii ifodalovchi frazeologik birliklar orasidagi paradigmatik aloqalar alohida semantik-mavzuiy maydonda ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarni mavzuiy guruhlarga ajratish orqali ularning stilistik, struktur-semantik tuzilishi va muloqot jarayonida namoyon bo‘ladigan kommunikativ-pragmatik xususiyatlarining antropotsentrik bog‘liqligi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tilardagi inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarning ijobiy va salbiy konnotatsiya doirasidagi allomorf va izomorf xususiyatlarini belgilash orqali ularning uzual, okkazional ma’nolarini aniqlashning lingvokognitiv usullari va modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillari madaniyatlararo muloqotida inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarning lingvomadaniy, kognitiv va pragmatik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va qoraqalpoq tillari frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash orqali har ikki tilning tafakkuri, mental olami, urf-odatlari, tarixi va dunyoqarashining inson xarakterini ifodalovchi frazeologik olam tasvirida bevosita aks etishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2014 yillarda bajarilgan FA-A1-G007 «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 12 yanvardagi 14/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va qoraqalpoq tillarida inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarning hosil bo‘lishi, so‘zdan, so‘z birikmalari va gapdan farqli jihatlarini aniq chegaralash, inson xarakterining turli tomonlarini obrazli ifodalashi, ularni ingliz tilidan qoraqalpoq tiliga tarjima qilishga xizmat qilgan;
inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarning struktur-semantik xususiyatlarini aniqlash orqali ingliz va qoraqalpoq tillari kesimida inson xarakterinii ifodalovchi frazeologik birliklar orasidagi paradigmatik aloqalarga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan muhim manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2021 yil 17 iyundagi 11-06/5-06/891-son ma’lumotnomasi). Natijada har ikkala til frazeologizmlarining o‘xshash va noo‘xshash jihatlarining lisoniy samaralari madaniy aloqalarda amaliyotga joriy etishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tilardagi inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarning ijobiy va salbiy konnotatsiya doirasidagi allomorf va izomorf xususiyatlarini belgilash orqali ularning uzual, okkazional ma’nolarini aniqlashning lingvokognitiv usullari va modellariga oid ilmiy-amaliy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida foydalanilgan (QR Tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2021 yil 18 iyundagi 259-son ma’lumotnomasi). Natijada mehmonlarga taqdim etiladigan yozma manbalarda, bukletlarda, tashrif qog‘ozlarida qoraqalpoq xalqi turmush tarzi, urf-odatlari, tarixi, dunyoqarashi, madaniyati va mifologiyasi bilan to‘laqonli tanishtirishga imkoniyat yaratilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda inson xarakterini ifodalovchi frazeologik birliklarni mavzuiy guruhlarga ajratish orqali ularning stilistik, struktur-semantik tuzilishi va muloqot jarayonida namoyon bo‘ladigan kommunikativ-pragmatik xususiyatlarining antropotsentrik bog‘liqligiga xos ilmiy-amaliy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Musiqiy dam olish dasturlari» bosh muharririyati tomonidan tayyorlangan «Assalom, Qoraqalpog‘iston», «Xayrli tong», «Adabiy portret» eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 iyundagi 01-04-348-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy muloqotda subordinatsiyaga e’tibor berish, o‘zaro hurmatni joyiga qo‘yish kabi insoniy fazilatlarni unutmaslikka da’vat etish va yosh avlodni tilshunoslikka, badiiy adabiyotga qiziqtirishga, kitobxonlik madaniyatini o‘stirishga targ‘ib etishga xizmat qilgan.