Normurzaev Umid Xolmurzaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq imtiyozlarining samaradorligi: nazariya, metodologiya va amaliyot», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Iqt275.
Ilmiy maslahatchi: Qurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida fiskal instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Haydarov Nizomiddin Hamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq imtiyozlari mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash taklif etilgan;
mavjud soliq imtiyozlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va har bir soliq imtiyozi uchun alohida soliq imtiyozi unikal kodini (ID-raqamini) berish tartibini joriy etish hamda soliq imtiyozlari kodlari to‘g‘risidagi axborotlarni soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga etkazib berish amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
Davlat soliq qo‘mitasining markaziy tuzilmasida soliq xavfini tahlil qilish hamda soliq imtiyozlari hisobini yurituvchi alohida maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etish taklif etilgan;
yuridik shaxslarning mol-mulki va er solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilardan ushbu soliqlarga hisoblangan summaning bir foizini undirish taklif etilgan;
tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, alohida soliq imtiyozi unikal kodini berish, mol-mulki va er solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilar faoliyatining soliq imtiyozlarining samaradorligiga ta’sirini 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq tahlili metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5087-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 3 maydagi DS/06-04-01-03-29/1078-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida biznes yuritish shart-sharoitlari yaxshilangan, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohotlarni izchil davom ettirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, ularni zarur moliyaviy va infratuzilmaviy resurslar bilan ta’minlashga erishilgan;
mavjud soliq imtiyozlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va har bir soliq imtiyozi uchun alohida soliq imtiyozi unikal kodini (ID-raqamini) berish tartibini joriy etish hamda soliq imtiyozlari kodlari to‘g‘risidagi axborotlarni soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga etkazib berish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 595-son “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 10 dekabrdagi 18/1-74663-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida intizomli soliq to‘lovchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, inson omilining ta’sirini cheklash hamda soliq to‘lovchilarni hisobga olish takomillashtirilgan;
Davlat soliq qo‘mitasining markaziy tuzilmasida soliq xavfini tahlil qilish hamda soliq imtiyozlari hisobini yurituvchi alohida maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 595-son “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 10 dekabrdagi 18/1-74663-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida intizomli soliq to‘lovchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, inson omilining ta’sirini cheklash hamda soliq to‘lovchilarni hisobga olish takomillashtirilgan;
yuridik shaxslarning mol-mulki va er solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilardan ushbu soliqlarga hisoblangan summaning bir foizini undirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 5 maydagi O‘RQ-767-son “O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasining 2022 yil 10 maydagi 18/1-61828-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirishga olib kelishi aniqlangan;
tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, alohida soliq imtiyozi unikal kodini berish, mol-mulki va er solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilar faoliyatining soliq imtiyozlarining samaradorligiga ta’sirini 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasini rivojlantirishning 2026 yilgacha bo‘lgan Yo‘l xaritasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 7 yanvardagi 18/1-00851-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish