Ishankulov Zoxidjon Mamasolievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘g‘onsiz suv olish bosh inshooti quyi sohasida daryo o‘zanidagi jarayonlarni baholash”, 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2336
Ilmiy raxbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Bazarov Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor. Ernazar Jumaevich Maxmudov, texnika fanlari nomzodi, dotsent Norqobil Raxmatov 
Yetakchi tashkilot - “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘g‘onsiz suv olish inshooti quyi sohasida o‘zan jarayonlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryodan to‘g‘onsiz suv olish inshootining ish rejimiga bog‘liq ravishda inshoot quyi sohasidagi sodir bo‘ladigan suv oqimining beqaror harakatini inobatga olib o‘zan jarayonlarini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
daryodan to‘g‘onsiz suv olish inshootining quyi sohasida oqimning beqaror harakatini ifodalovchi ikki o‘lchamli differensial tenglamalar sistemasi asosida o‘zan jarayonlarining matematik modeli takomillashtirilgan; 
daryodan to‘g‘onsiz suv olish inshootining quyi sohasida vaqtga bog‘liq ravishda oqim tezliklarini yuza maydon bo‘yicha taqsimlanishi va suv sarflarining o‘zgarishini inobatga olgan holda, oqim yo‘nalishini bashorat qilish dasturi ishlab chiqilgan; 
daryodan to‘g‘onsiz suv olish inshooti quyi sohasida o‘zan jarayonlarini shakllanish bosqichlari va muddatlarini aniqlash usuli daryoning ko‘p yillik gidrologik rejimi va oqimning gidrodinamik parametrlarini o‘zgarishini inobatga olib ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Daryodan to‘g‘onsiz suv inshootining quyi sohasida o‘zandagi jarayonlar va oqimning asosiy gidrodinamik parametrlarini aniqlash usuli bo‘yicha olingan natijalar asosida:
daryodan to‘g‘onsiz suv olish inshootining quyi sohasida vaqtga bog‘liq ravishda oqim tezliklarini yuza maydon bo‘yicha taqsimlanishini va suv sarflarining o‘zgarishini inobatga olgan holda, oqim yo‘nalishini bashorat qilish dasturi Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 martdagi 03/20-924-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan dastur yordamida oqim tezliklarining yuza maydon bo‘yicha taqsimlanishi va yo‘nalishini bashorat qilish, daryodan to‘g‘onsiz suv olishda inshoot ish rejimining ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan o‘zan jarayonlarining oldini olish imkoniyati yaratilgan.
Daryoning ko‘p yillik gidrologik rejimi va oqimning gidrodinamik parametrlarini o‘zgarishini inobatga olib daryodan to‘g‘onsiz suv olish inshooti quyi sohasida o‘zan jarayonlarini shakllanish bosqichlari va muddatlari aniqlash usuli Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 martdagi 03/20-924-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryodan to‘g‘onsiz suv olish inshootining quyi sohasida suv sathi va suv sarfiga bog‘liq ravishda sodir bo‘ladigan o‘zan jarayonlarini shakllanish bosqichlari aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish