Oxunov Isroiljon Islomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Crambe Kotschyana, C. orientalis, Dipthychocarpus strictus va Convolvulus Krauseanus o‘simliklarining alkaloidlari», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.2.PhD/K42.
Ilmiy rahbar: Aripova Salimaxon Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vaxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulomdjanovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasidagi Crambe Kotschyana, C. orientalis, madaniylashtirilgan Dipthychocarpus strictus va Convolvulus Krauseanus o‘simliklaridan alkaloidlar ajratish, yangi alkaloidlarning tuzilishini isbotlash, yuqori faollikka ega bo‘lgan birikmalarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda o‘suvchi 4 tur: Crambe turkumining ikki turi – C. Kotschyana, C. orientalis, Toshkent botanika bog‘ida madaniylashtirilgan Dipthychocarpus strictus (Krestguldoshlar) turi va Convolvulus turkumining bir turi – S. Krauseanusdan jami 16 ta alkaloidlar identifikatsiya qilingan;
ilk bor C. Kotschyana, C. orientalis o‘simliklaridan 2 ta yangi goitridin va krambain alkaloidlari ajratib olingan, ularning tuzilishi isbotlangan;
D. strictus o‘simligidan 7 ta alkaloid ajratib olingan, ulardan biri mutlaq yangi bo‘lib, tuzilishi isbotlangan;
Convolvulus Krauseanus o‘simligidagi fillal`bin va konvolidin alkoloidlari hamda alkaloidlar yig‘indisining mikrob va zamburug‘larga qarshi faollik xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Crambe Kotschyana, C. orientalis, Dipthychocarpus strictus va Convolvulus Krauseanus o‘simliklarining alkaloidlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘simliklardan mikrob va zamburug‘larga qarshi faollikka ega vosita hamda uni olinish usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 04423, 2012). Natijada «Konsubin» preparatini ishlab chiqarishda Convolvulus Krauseanus o‘simligidan qo‘shimcha xomashyo manbasi sifatida foydalanish imkonini bergan;
antitireoidal xususiyatlarni namoyon qiluvchi vosita uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№ IAP 04966, 2012). Natijada Crambe turkumo‘simliklaridan ajratib olingan alkaloidlar yig‘indisidan antitireoidal kasalliklarni davolashda foydalanish imkonini bergan;
o‘simliklardan ajratib olingan 12 ta alkaloidlar Amerika “Springer” nashryotida chop etilgan «Natural Compounds Alkaloids» alkaloidlar to‘plami ro‘yxatiga kiritilgan (Springer, www.springer.com). Natijada o‘simliklardan yangi alkaloidlar ajratib olish va solishtirish asosida o‘xshash alkaloidlarni sintez qilish imkonini bergan.