Xurramov Shavkat Raxmatullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ikki valli modullardagi o‘zaro ta’sirning nazariy asoslari va uning mexanik ishlov berish jarayonlarini takomillashtirishda qo‘llanilishi” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.02.03–“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/T260.
Ilmiy maslahatchi: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish instituti hamda mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor; Alimuxammedov Shavkat Pirmuxammedovich, texnika fanlari doktori, professor, Maqsudov Ravshan Hasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki valli modullardagi kontaktli o‘zaro ta’sir va ho‘l materiallarni valli siqish nazariyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish va ularni mexanik ishlov berish jarayonlari, jumladan charmni valli siqish jarayonining texnologiya va qurilmalarni takomillashtirishda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlov berilayotgan materialning texnologik mashinalar ishchi vallari juftligi bilan barcha kontaktli o‘zaro ta’sir holatlarini o‘z ichiga oluvchi hamda ikki valli modullar kontakt masalalarini echishni sistemalashtirishga va umumlashtirishga imkon yaratuvchi ikki valli modullarning umumlashgan sxemasi ishlab chiqilgan;
umumlashgan ikki valli modullarning kontaktli o‘zaro ta’siri asosiy  masalalarini echish natijasida kontakt egri chiziqlarining va kontakt kuchlanishlari taqsimotining energiyatejamkor valli mashinalarini loyihalash hamda texnologik jarayonni boshqarishda ikki valli modullarning  ratsional   parametrlarini   o‘rnatish   imkoniyatini  beruvchi matematik modellari olingan;
umumlashgan ikki valli modullar uchun ishqalanish kuchlanishlarining ham sirpanish sohalarida, ham yopishish sohasida  normal va urinma kuchlanishlar orasida bog‘lanish o‘rnatuvchi korrekt modellari ishlab chiqilgan; 
ho‘l materiallarni valli siqishning gidravlik masalalarini echish orqali siqish jarayonida gidravlik bosimlar va namlik o‘zgarishi taqsimotlarining qoldiq namlikni hisoblashga va valli mashinalar parametrlarining ho‘l materiallarni siqish samaradorligiga ta’sirini o‘rnatishga imkon yaratuvchi matematik modellari olingan;
xromli oshlashdan keyingi charm yarim mahsulotining deformatsiyaviy va fil`tratsiyaviy xossalarining yangi modellari hamda charm qoldiq namligi, siqish quvvati va val kontakt egri chizig‘i uzunligining kuch intensivligi, val diametri va tezligiga bog‘liq analitik ifodalari olingan;
o‘tkazilgan tadqiqotlar va ekstremal masalalarni echish natijasida kuchning xarakteristikasi sifatida solishtirma kuchni hisobga oluvchi charm yarim mahsulotini valli siqishning ratsional parametrlarini hisoblashning yangi  metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki valli modullardagi o‘zaro ta’sir va ho‘l materiallarni valli siqish nazariyalarini rivojlantirish orqali mexanik ishlov berish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ikki valli modullarning parametrlarini hisoblash formulalari va charm yarim mahsulotini valli siqishning ratsional parametrlarini hisoblash bo‘yicha metodika «O‘zcharmsanoat» uyushmasining  korxonalarida xususan «PREMIUM LEATHER» MChJ, «QARSHI LEATHER» MChJ, «Nafis-Charm» MChJ va «OSIYO CHARM FAYZ» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zcharmsanoat»  uyushmasining  2021  yil  12 oktyabrdagi  FB-7/2650-son ma’lumotnomasi). Natijada charmni valli siqish mashinalarining parametrlarini boshqarish va tayyor charm sifatini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
vallar kontakt egri chiziqlarining, kontakt kuchlanishlari taqsimotining va charm yarim mahsuloti deformatsiyaviy xususiyatlarining matematik modellari  «Yangi istiqbolli differensial uzatish mexanizmi tahlili   va   loyihasi»   mavzusidagi  2018-2020  yillarda   bajarilgan FA-Atex-2018-253 loyihada o‘rnatilayotgan ishlov berilayotgan material va valli modulning geometrik, kinematik va dinamik parametrlarini asoslashda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi  fanlar akademiyasining  2022 yil 22 fevraldagi №2/1255-416 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi valli texnologik mashinalar vallararo tishli-richagli differensial uzatish mexanizmining ratsional parametrlarini ishlov berilayotgan material (charm yarim mahsuloti) xossalarini hisobga olgan holda aniqlashga imkon yaratdi;
olingan ilmiy natijalar asosida O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk Agentligining ixtiroga patent («Ho‘l tolali materiallardan suyuqlikni siqish uchun qurilma», № IAP 05886, 2019 y.) olingan. Natijada tolali materialning butun yuzasi bo‘yicha suyuqlikni samarali va tekis siqishga imkoniyat beruvchi qurilma yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish