Soliev Akromjon Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini gigienik aspektlari va davolash-profilaktika chora-tadbirlarini optimallashtirish» 14.00.07-Gigiena va 14.00.31-Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib871.
Ilmiy rahbarlar: Salomova Feruza Ibodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shadmanov Alisher Kayumovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Xashirbaeva Dinara Makkambaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Nosirov Furkat Raufovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.M.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini klinik kechishini o‘ziga xosliklari va rivojlanishiga olib keluvchi tibbiy-biologik va ijtimoiy-gigienik xavf omillari asosida birlamchi va ikkilamchi profilaktika bo‘yicha chora- tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi tarqalishini haqiqiy darajasi, aholisi orasida yuqori chastotada modifikatsiyalangan xavf omillari va ushbu omillarning mintaqaviy o‘ziga xosliklarini populyasion tahlili asosida birinchi marta o‘rganilayotgan xastalikning xududiy yangi konsepsiyasi taklif etilgan;
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi tarqalishida patsientlarning yashash sharoiti, uning gigienik aspektlari, xarakat faolligi, ish sharoiti, ishning og‘irligi, yuklamalar darajasiga bog‘liqligi, turli xavf omillarining kechishi va shakllanishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi tarqalishida patsientlardagi turli yondosh kasalliklarning og‘irlik darajasiga qarab kasallikning rivojlanishi va kechishiga qarab, erkaklar orasida birlamchi va ikkilamchi profilaktika yangi skrining texnologiyasi isbotlangan;
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi doimiy populyasion tarqalishi va uni asoratlarini kamaytirishga qaratilgan mintaqaviy profilaktik dasturlarni ishlab chiqishning nazariy bazasi yaratilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini gigienik aspektlari va davolash-profilaktika chora-tadbirlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini gigienik aspektlari va davolash-profilaktika chora-tadbirlarni optimallashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Prostata bezi giperplaziyasi rivojlanishida xavf omillarining ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 8n–z/558–son ma’lumotnomasi). Natijada tashkillashtirilmagan erkaklar orasida prostata bezining xavfsiz giperplaziyasining dastlabki bosqichlarida ta’sir qiluvchi omillariga gigienik baho berish orqali patsientlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini gigienik aspektlari va davolash-profilaktika chora-tadbirlarni optimallashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Prostata bezi giperplaziyasining gigienik jihatlari, profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 8n–z/558–son ma’lumotnomasi). Natijada prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi bilan xastalangan erkaklarda kasallikkka xos bo‘lgan muhim xavf omillarini gigienik baholash orqali patologiyani erta tashxsilash va oldini olish imkonini bergan;
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini gigienik aspektlari va davolash-profilaktika chora-tadbirlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmatining profilaktik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyundagi 8n–d/127–son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi yosh kattalashib borgan sari prostata bezi xavfsiz giperplaziyali bemorlarda surunkali kasalliklarning tarqalishi 2,3 martaga ortishi, surunkali yuqumsiz kasalliklar assotsiatsiyasi eng yuqori darajasi 50-59 yoshda–42,3%, 60-69 yoshda–49,8% va 70-79 yoshda–36,6%, asosiy surunkali kasalliklarning kam darajasi 30-39 yoshda – 24,1%, 40-49 yoshda – 25,1% va ≥80 yoshda – 21,8%, prostata bezi xavfsiz giperplaziyali bemorlardagi ASYuK tuzilmasida etarli darajada yuqori sonda O‘SOK, 30-39 yoshlilarda uni tarqalishi 10,3%, 40-49 yoshlilarda – 7,2%, 50-59 yoshlilarda – 17,7%, 60-69 yoshlilarda – 16,2%, 70-79 yoshlilarda – 15,5% va ≥80 yoshda – 6,5% ni tashkil qilib, bemorlarning umrini uzayishi va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.