Tuxtasinova Nigina Bashirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Agiografik matnlar tarjimasining aksologik paradigmasi (o‘zbek va fransuz tilidagi materiallar misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.RhD/Fil1465.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Shirinova Raima Xakimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Malohat Muxammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va fransuz tilidagi agiomatnlar tarjimasining aksiologik paradigmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarjima lug‘atlari uchun “agiografiya” termini ta’rifining to‘ldirilishi asosida adekvat tarjimaga erishish uchun agiografik matnlarni tarjima qilishda ekzegetik yondashuv diniy, ilohiy va qadimiy matnlar mohiyatini sharhlashda ustuvor ekanligi isbotlangan;
agiografik terminlarning ma’nosi din bilan bog‘liqligi, tarixiy fakt orqali ko‘rilishi va mantiqiy tahlilda yanada yorqin namoyon bo‘lishi sababli agiografik terminlar berilishida implisit, eksplisit, diskursiv, nodiskursiv hamda vazifaviy markerlar tarjima adekvatligini ta’minlovchi asosiy omillar ekanligi isbotlangan;
agiomatnlar tarjimasini baholash va agiografik matnlarni tarjima qilish uchun baholash mezonlari bo‘lgan aksiologik paradigmalar ya’ni retrospektiv, prospektiv, lateral` va introspektiv modellar agiomatnlarning adekvatlikka erishishning asosiy yo‘llari bo‘lishi sababli ularning ustuvor mezonlar ekanligi dalillangan;
o‘zbek va fransuz tillarida agiografik matnlar tarjimasida agioterminlarning faol qo‘llanilishi sababli ularning ekklezionim, eortonim, agioantroponim, teonim, agionim, agiopolisonim, agiooronim kabi guruhlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agiografik matnlarning aksiologik paradigmasini o‘rganish jarayonida olingan nazariy va amaliy natijalarga asoslanib:
tarjima lug‘atlari uchun “agiografiya” termini ta’rifining to‘ldirilishi asosida adekvat tarjimaga erishish uchun agiografik matnlarni tarjima qilishda ekzegetik yondashuv diniy, ilohiy va qadimiy matnlar mohiyatini sharhlashda ustuvor ekanligiga oid xulosalardan Toshkent Fransuz Al`yansi tashkilotining “Club de conversation” master-klasslarini o‘tkazishda foydalanilgan (Toshkent Fransuz Al`yansi tashkiloti xalqaro tashkilotining 2022 yil 24 yanvardagi 03-son ma’lumotnomasi). Natijada, fransuz tili o‘qituvchilari va tarjimonlarining tarjimonlik malakasi oshdi, bu esa o‘z navbatida mahalliy mutaxassislar malakasining oshirilishini ta’minlagan;
agiografik terminlarning ma’nosi din bilan bog‘liqligi, tarixiy fakt orqali ko‘rilishi va mantiqiy tahlilda yanada yorqin namoyon bo‘lishi sababli agiografik terminlar berilishida implisit, eksplisit, diskursiv, nodiskursiv hamda vazifaviy markerlar tarjima adekvatligini ta’minlovchi asosiy omillar ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan berilgan innovatsion granti 56-01/10 “Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari” dasturi doirasida “Les lieux de pèlerinage de l’Ouzbekistan” katalogining fransuzcha variantini tarjima qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyatining 2022 yil 17 fevraldagi 63-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va fransuz tilida “Les lieux de pèlerinage de l’Ouzbekistan” nomli katalog chop etilgan, shuningdek, agiografik terminlarni fransuz tilida ifodalash jarayonida duch kelinadigan muammolarni bartaraf etishga erishilgan;
agiomatnlar tarjimasini baholash va agiografik matnlarni tarjima qilish uchun baholash mezonlari bo‘lgan aksiologik paradigmalar ya’ni retrospektiv, prospektiv, lateral` va introspektiv modellar agiomatnlarning adekvatlikka erishishning asosiy yo‘llari bo‘lishi sababli ularning ustuvor mezonlar ekanligiga oid xulosalardan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 2 fevraldagi 01/6-184-son ma’lumotnomasi). Natijada, bakalavr yo‘nalishida o‘tiladigan “Leksikografiya”, “Leksikologiya asoslari” kabi o‘quv kurslari kontentini nazariy ishlanmalar bilan boyitishga erishilgan;
o‘zbek va fransuz tillarida agiografik matnlar tarjimasida agioterminlarning faol qo‘llanilishi sababli ularning ekklezionim, eortonim, agioantroponim, teonim, agionim, agiopolisonim, agiooronim kabi guruhlari ekanligiga oid xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasining “Hamma uchun” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 11 fevraldagi 06-31-354-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanilgan material nafaqat tomoshabinlarning dunyoqarashini kengaytirish va bag‘rikengligini oshirish, balki ko‘rsatuvni ma’naviy-ma’rifiy mazmun bilan boyitish imkonini bergan.