Ro‘ziqulova Amina Totliboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek oilalarida nikoh-oila munosabatlarining tashkiliy-psixologik jihatlari mustahkamligini ta’minlash”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P189.
Ilmiy rahbar: Sog‘inov Nurmat Abdusamatovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Akramova Feruza Akmalovna psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek oilalarida nikoh-oila munosabatlarining tashkiliy-psixologik jihatlari mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
nikoh-oila munosabatlarida er-xotinning rolli adekvatligi, erkak va ayollar gender sezuvchanligi ijtimoiy xulqda aks etishi uchun ijtimoiy, etnik, gender va shaxsiy identifikatsiyalardagi farqlanishni milliy qadriyatlar asosida boshqariladigan mexanizmlar bilan mahalliy hokimiyatlar tarkibida oilalardagi ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy muhitni takomillashtiradigan «Oila va xotin-qizlar» bo‘limi tashkil etilishi asoslangan;
jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash va oilaning ma’naviy-axloqiy muhitini yaxshilashning samarali tizimini yaratishda oilaning ijtimoiy-psixologik holatini adekvat shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy-psixologik paternlar asosida barqarorligini takomillashtiradigan, motivatsion-maqsadli, mazmunli-faoliyatli, natijaviy-refleksif xarakterdagi psixokorreksion va psixoprofilaktik «Psixologik maslahat xonalari»ni mahallalarda tashkil qilinishi asoslangan;
oila va mahalla munosabatlarining tashkiliy-psixologik jihatlari mustahkamligini ta’minlashda transformatsiyalashgan hayotiy qadriyatlar tizimiga ko‘ra mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari, Respublika bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni kognitiv-hissiy va faoliyatli determinantlar asosida qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etish asoslangan;
nikoh-oila munosabatlari samaradorligi hayot sifati indeksidagi psixik komponent (mental health) va jismoniy faollik (physical functioning) integratsiyasi orqali sifat va natijadorlikka erishish oilani baholashning muhim ko‘rsatkichi ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan hamda oilaning birdamligini, oilada avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani saqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nikoh-oila munosabatlari mustahkamligining konseptual modeli tashkiliy psixologik jihatlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek oilalarida nikoh-oila munosabatlarining tashkiliy-psixologik jihatlari mustahkamligini ta’minlovchi milliy qadriyatlarning ahamiyatini o‘rganish, uni takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek oilalarida nikoh-oila munosabatlari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida mahalliy hokimiyatlar tarkibida «Oila va xotin-qizlar” bo‘limini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PQ-81-son «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga kiritilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 18 martdagi 01-09/308-son ma’lumotnomasi). Natijada nikoh-oila munosabatlarini mustahkamlashda qadriyatlar tizimi muhim omil ekanligi va uning turmush tarzida namoyon etishi ko‘rsatkichlari oshishiga erishilgan;
hozirgi zamon o‘zbek oilalariga er-xotinlarning oilaviy qadriyatlar tizimidagi hayotdan mamnunlik, yashash va ijtimoiy muhitga xos hayotiy sifatlarining namoyon bo‘lishida hamda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarni «Ayollar daftari» orqali manzilli qo‘llab-quvvatlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PQ-81-son «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga kiritilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 18 martdagi 01-09/308-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy qadriyatlarda oila nikohni mustahkamlashning omili sifatida o‘rganilgan va yosh oilalarni mustahkamlashga erishilgan;
ijtimoiy sub’ekt (shaxs, millat) va din qadriyatlari tizimiga mos ravishda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy muhit va jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning ijtimoiy-psixologik manfaatlarini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PQ-81-son «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga kiritilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 18 martdagi 01-09/308-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida zamonaviy o‘zbek oilalarida sog‘lom psixologik munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy-psixologik ishlar samaradorligini oshirishga erishilgan;
transformatsiyalashgan hayotiy qadriyatlar tizimiga ko‘ra mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari, Respublika bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni kognitiv-hissiy va faoliyatli yondashuv asosida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etilganligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 26-son «Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori asoslangan (SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari Samarqand filialining 2021 yil 22 oktyabrdagi 01/495-son ma’lumotnomasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Samarqand mintaqaviy markazining 2021 yil 22 noyabrdagi 01/123-son ma’lumotnomasi). Natijada nikoh-oila munosabatlarini mustahkamlashda qadriyatlar tizimini muhim omil sifatida va erkak va ayol, ota va ona, er va xotin, qarindoshlar, aka-uka va opa-singillar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda milliy qadriyatlarga munosabatlarning ustuvorligi va ularni adekvat idrok etishga erishilgan.