O‘ktamova Nozima Narzulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1709.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari aktivlari tarkibida riskka tortilgan aktivlarning ulushini pasaytirish orqali bank aktivlari sifati va daromadini oshirish zarurligi ilmiy asoslangan;
bank investisiyalari banklarning barqaror daromad manbasi sifatida uning me’yori aktivlar tarkibida 10-12 foiz bo‘lishi zarurligi asoslangan;
tijorat banklarida transformatsion risk darajasini pasaytirish maqsadida muddatli depozitlar ulushini jami depozitlar tarkibida 40-45 foizga etkazish zarurligi asoslab berilgan;
tijorat banklari aktivlari tarkibida xorijiy vayutada berilgan kreditlar ulushini bosqichma-bosqich tushirish orqali ularning milliy valyutadagi kreditlari samaradorligini oshirish tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari aktivlari tarkibida riskka tortilgan aktivlarning ulushini pasaytirish orqali bank aktivlari sifati va bankning barqaror darajadagi daromadini oshirishi bilan birga ularning likvidliligini ta’minlashi xususidagi taklifi ATIB «Ipoteka-bank» tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATIB «Ipoteka-bank»ning 2022 yil 24 yanvardagi 13-1/688-son ma’lumotnomasi). Natijada, kreditlar bo‘yicha oladigan foizli daromadini 2022 yil 1 yanvarda o‘tgan hisobot davriga nisbatan  20 foizga  ko‘paytirish imkoniyatini bergan; 
bankning aktivlari tarkibida investisiyalari hajmini 10-12 foizga, asosan yuqori lividli qimmatli qog‘ozlar hisobidan oshirish zarurligi xususidagi taklif ATIB «Ipoteka-bank» tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATIB «Ipoteka-bank»ning 2022 yil 24 yanvardagi 13-1/688-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning invectisiyalari hajmi  2022 yil 1 yanvarda o‘tgan hisobot davriga nisbatan  10 foizga oshgan;
tijorat banklarida transformatsion risk darajasini pasaytirish maqsadida muddatli depozitlar ulushini jami depozitlar tarkibida 40-45 foizga etkazish zarurligi taklifi ATIB «Ipoteka-bank» tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATIB «Ipoteka-bank»ning 2022 yil 24 yanvardagi 13-1/688-son ma’lumotnomasi). Natijada, ATIB «Ipoteka-bank»ning 2022 yil uchun ishlab chiqilgan depozit siyosatida o‘z aksini topgan; 
tijorat banklari aktivlari tarkibida xorijiy vayutada berilgan kreditlar ulushini bosqichma-bosqich tushirish orqali ularning milliy valyutadagi kreditlari samaradorligini oshirish xususidagi taklifi ATIB «Ipoteka-bank» tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATIB «Ipoteka-bank» 2022 yil 24 yanvardagi 13-1/688-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning kredit portfelidagi xorijiy valyutalar ulushi 2022 yil 1 yanvarda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 20 foizga kamaytirilgan, milliy valyutadagi kreditlarning daromadlilik darajasi shu davrda 15 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish