Kaminskaya Elena Mixaylovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “S.P.Borodin nasri poetikasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil316. 
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: -.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Petruxina Natal`ya Mixaylovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kasimov Abdugapir Abdikarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bushev Aleksandr Borisovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi S.P. Borodin ijodiy laboratoriyasining mantiqiyligi hamda yozuvchining dastlabki nasrining (20-30-yillar) konseptual dominantlarini tavsiflash orqali yozuvchining so‘nggi asarlarda (40, 50-70-yillar) aks etgan individual muallif uslubi va individual naqshlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
individual-mualliflik varianti – ikkilik kodlar tizimi sifatida «Shahar-minora» ishchi modeli asosida Bobil qurilishining universal hodisasini tahlil qilish metodologiyasi hamda matn va konsepsiya darajasidagi modelning funksionalligini ta’minlaydigan shartlar, «Ijodkorlik» g‘oyaviy-tematik majmuasi bilan bog‘liq tasvirlar, motivlar, konseptual g‘oyalar va texnikalar asoslangan;
«aqliy arxitektura» usulining parallel qurilish g‘oyasiga asoslangan hamda matn va konsepsiya darajasidagi yaxlitlikni ta’minlaydigan mexanizm sifatidagi funsionalligi hamda ushbu usulni tavsiflashning ikkita model - ijodiy laboratoriya va «Shahar-minora» modellari darajasidagi jihatlari isbotlangan;
ijodiy laboratoriyaning ishchi modelini ishlab chiqish asosida uning ekfrasis poetikasi darajasida va uning dinamikasini belgilaydigan konseptual tizimda yuqori darajadagi funsionallikni o‘rnatish imkonini berishi hamda «ekfrasisdan – metafrasisgacha» formulasidan foydalanishning ekfrastik komponentli tasvirlarni ishlab chiqishdagi samaradorligi dalillangan;
matn-kontekst-metatmatn triadasi doirasida ishchi modellar hamda yozuvchi ijodiga oid aniqlangan yangi materiallar va faktlar asosida S.P. Borodinning asarlarini o‘rganishning samaradorligi hamda S.P. Borodin metaromanining parametrlari hamda uni qayta qurish jarayonidagi «rublev» kodi, «pasxa» motivi kabi badiiy va nazariy asoslari isbotlangan;
matn va metamatn komponentlarining o‘zaro ta’siriga asoslangan qahramon tipologiyasi hamda «ijodkorlik ijod sifatida» g‘oyasidan foydalanishning yozuvchi ijodining konseptual yaxlitligini va ikki turdagi qahramonning – «qushlar ustasi» (matn darajasida) va «ijodkor shaxs» (metatmatn darajasida)ning xususiyatlarini asoslashdagi samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. S.P. Borodin poetikasini o‘rganish jarayonida olingan modellar va ularning ishlash xususiyatlarini asoslovchi konseptual va nazariy asos shaklida ifodalangan natijalar asosida:
individual-mualliflik varianti – ikkilik kodlar tizimi sifatida «Shahar-minora» ishchi modeli asosida Bobil qurilishining universal hodisasini tahlil qilish metodologiyasi hamda matn va konsepsiya darajasidagi modelning funksionalligini ta’minlaydigan shartlar, ya’ni «Ijodkorlik»  g‘oyaviy-tematik majmuasi bilan bog‘liq tasvirlar, motivlar, konseptual g‘oyalar va texnikalarga oid xulosalardan ITD-1-11 «O‘rta maktab o‘quvchilarining kognitiv va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari yosh avlodni XIX-asr muammolariga tayyorlash shakli sifatida» respublika loyihasiga foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3519-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha, badiiy matnni sharhlash jarayonida individual kitobxon tajribasini shakllantirish nuqtai nazaridan nazariy modellardan foydalanish samaradorligini belgilab berdi.
«aqliy arxitektura» usulining parallel qurilish g‘oyasiga asoslangan hamda matn va konsepsiya darajasidagi yaxlitlikni ta’minlaydigan mexanizm sifatidagi funsionalligi hamda ushbu usulni tavsiflashning ikkita model, ya’ni ijodiy laboratoriya va «Shahar-minora» modellari darajasidagi jihatlariga oid ilmiy xulosalardan A1-KX-1-60888 «Maktab o‘quvchilarida o‘zini ifoda etish va o‘zligini anglash qobiliyatlarini shakllantirish strategiyasi zamonaviy sharoitda asosiy shaxsiy fazilatlar sifatida”  respublika loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3519-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada S.P. Borodin ijodini yaxlit ko‘rinishini shakllantirishda kontekstual maydonlardan foydalanishning samaradorligi va  yozuvchining badiiy konsepsiyasining o‘ziga xosligi aniqlandi.
ijodiy laboratoriyaning ishchi modelini ishlab chiqish asosida uning ekfrasis poetikasi darajasida va uning dinamikasini belgilaydigan konseptual tizimda yuqori darajadagi funsionallikni o‘rnatish imkonini berishi hamda «ekfrasisdan – metafrasisgacha» formulasidan foydalanishning ekfrastik komponentli tasvirlarni ishlab chiqishdagi samaradorligiga oid xulosalardan 5120100 – «Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)» bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limning Davlat ta’lim standartini tuzishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3519-son ma’lumotnomasi). Natijada, S.P. Borodin poetikasining umumiy va o‘ziga xos faktlarini konseptual tushunishga qaratilgan «Aksiologiya va germenevtika aspektida rus adabiyoti (Germenevtika aspektida rus adabiyoti)» fanining o‘quv dasturi ishlab chiqilgan; 
matn-kontekst-metatmatn triadasi doirasida ishchi modellar hamda yozuvchi ijodiga oid aniqlangan yangi materiallar va faktlar asosida S.P. Borodinning asarlarini o‘rganishning samaradorligi hamda S.P. Borodin metaromanining parametrlari hamda uni qayta qurish jarayonidagi «rublev» kodi, «pasxa» motivi kabi badiiy va nazariy asoslariga oid xulosalardan 5A120101 – «Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)» magistratura mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limning Davlat ta’lim standartini tuzishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3519-son ma’lumotnomasi). Natijada «Muqobil adabiyotshunoslik» fani bo‘yicha individual-mualliflikning ekfrasisini idrok etish faktlarini aniqlash va tavsiflashga, shuningdek, ushbu toifaning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga yordam beradigan tamoyillarga qaratilgan o‘quv dasturi ishlab chiqilgan;
matn va metamatn komponentlarining o‘zaro ta’siriga asoslangan qahramon tipologiyasi hamda «ijodkorlik ijod sifatida» g‘oyasidan foydalanishning yozuvchi ijodining konseptual yaxlitligini va ikki turdagi qahramonning – «qushlar ustasi» (matn darajasida) va «ijodkor shaxs» (metatmatn darajasida)ning xususiyatlarini asoslashdagi samaradorligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Rus madaniyat markazi tomonidan o‘tkazilgan «Rus tili va adabiyotini o‘qitishda yangi texnologiyalar» nomli seminarini tashkillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Rus madaniyat markazining 2020 yil 18 yanvardagi 02-09-son ma’lumotnomasi).  Natijada matn-kontekst va metamatnning o‘zaro ta’siri natijasida aniqlangan yangi turdagi qahramonni tasvirlash strategiyasi yozuvchi konsepsiyasi va kengroq aytganda, yozuvchining ijodiy laboratoriyasi faoliyat mexanizmlari masalasini hal qilish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish