Makkamov Zokirjon Xusanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bojxona to‘lovlari auditini takomillashtirish istiqbollari», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1599.
Ilmiy rahbar: Azizov Sherzod O‘ktamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bojxona to‘lovlari auditini takomillashtirishga qaratilgan nazariy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda bojxona nazoratini samarali amalga oshirish maqsadida bojxona auditini «kameral» hamda «sayyor» shakllarini joriy qilish taklif etilgan;
tekshiruvlar sonini optimallashtirish va resurslardan unumli foydalanishda bojxona auditi qamrovini amaldagi bir yildan uch yilga uzaytirish taklifi asoslangan;
kameral bojxona auditida hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni belgilangan muddatda taqdim etilmasligi bojxona organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblanishiga asos bo‘lishi taklif etilgan;
import tovarlariga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarida bojxona to‘lovlari umumiy nomda emas, imtiyoz nazarda tutilgan boj yoki soliqlarning aniq nomi bo‘yicha ko‘rsatish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bojxona to‘lovlari auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda bojxona nazoratini samarali amalga oshirish maqsadida bojxona auditini «kameral» hamda «sayyor» shakllarini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 fevraldagi 101-son «Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 3 avgustdagi 03-04/25-01949-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvidan keyingi nazorat samaradorligi ortishiga erishilgan;
tekshiruvlar sonini optimallashtirish va resurslardan unumli foydalanishda bojxona auditi qamrovini amaldagi bir yildan uch yilga uzaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 fevraldagi 101-son «Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandida o‘z aksini topgan (Davlat bojxona qo‘mitasining
2021 yil 3 avgustdagi 03-04/25-01949-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tekshiruvlar sonini optimallashtirish va resurslardan unumli foydalanish imkoniyati kengaygan;
kameral bojxona auditida hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni belgilangan muddatda taqdim etilmasligi bojxona organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblanishiga asos bo‘lishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 fevraldagi 101-son «Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ning 18-bandida o‘z aksini topgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 3 avgustdagi 03-04/25-01949-son ma’lumotnomasi). Natijada kameral bojxona auditi davomida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan so‘ralgan hujjatlar va ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishi, bu orqali bojxona auditi belgilangan muddatlarda va to‘liq o‘tkazilishi ta’minlangan;
import tovarlariga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarida bojxona to‘lovlari umumiy nomda emas, imtiyoz nazarda tutilgan boj yoki soliqlarning aniq nomi bo‘yicha ko‘rsatish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 martdagi PQ-5042-son, 2021 yil 9 apreldagi PQ-5063-son hamda 2021 yil 14 apreldagi PQ-5075-son qarorlarida o‘z aksini topgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 3 avgustdagi 03-04/25-01949-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq qonunchilik normalarining turli xil talqin etilishi oldi olinishiga erishilgan.