Buranova Jamila Alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy rusiyzabon va o‘zbek nasrida badiiy mifologizm” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil740.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Gibraltarskaya Oksana Nikolaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Pardaeva Zul`fiya Djuraevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rusiyzabon va o‘zbek adiblari asarlarini qiyosiy-tipologik tahlili orqali ularning mifopoetikasi, mifologizm va neomifologizm muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy mifologizm va neomifologizm XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelganligi, 70-80-yillarda mifologizmga realizmning borliqni ifodalashdagi xilma-xil shakllar, uslublar boyligi va rang-barangligining ifodasi sifatida qaralganligi, 90-yillardan keyin uning asosi shartlilik va ramziylikka qurilganligi asoslangan;
rusiyzabon va o‘zbek adiblari mifologema va mifosinkretik tizimni yaratishga uringanligi, qadimgi mifologik syujetni qayta ta’mirlash asosida mifologik obrazlar, motivlar va syujetlar olib kirganliklari, asar kompozisiyasini boyitib, muallif g‘oyasini chuqur ochib berganliklari dalillangan;
zamonaviy o‘zbek adabiyotiga XX asr rusiyzabon va o‘zbek adiblari ijodi ta’sir ostida badiiy asarlar tarkibida mifologizmning rivoyat, afsona hamda mif kabi turli ko‘rinishlari aks etganligi, mifopoetika masalalarida esa matnning polifonik talqinlariga murojaat orqali ularning poetik mahorati ortib borganligi isbotlangan;
rusiyzabon va o‘zbek nasrida “mifologizm”, “neomifologizm” va “mifopoetika”ning shakllanishida metafora, ramziylik, ko‘chimlilik, ong oqimi, gallyusinatsiya kabi poetik hodisalar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adiblari va rusiyzabon adiblar ijodidagi badiiy mifologizm tadrijiga oid tadqiqot natijasida erishilgan nazariy ma’lumot, metodik xulosa va amaliy tavsiyalar quyidagi ilmiy-amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan:
badiiy mifologizm va neomifologizm XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelganligi, 70-80-yillarda mifologizmga realizmning borliqni ifodalashdagi xilma xil shakllar, uslublar boyligi va rang-barangligining ifodasi sifatida qaralganligi, 90-yillardan keyin uning asosi shartlilik va ramziylikka qurilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida amalga oshirilgan FA-F-1-005-son “Qoraqalpoq fol`klori va tarixi tadqiqi” (2017-2020) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 20 avgustdagi 212/1-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnlar tahlilida tavsiya etilgan qiyosiy-tarixiy metod qoraqalpoq adabiyoti tarixi va fol`klorini o‘rganishga ta’sir ko‘rsatgan;
rusiyzabon va o‘zbek adiblari mifologema va mifosinkretik tizimni yaratishga uringanligi, qadimgi mifologik syujetni qayta ta’mirlash asosida mifologik obrazlar, motivlar va syujetlar olib kirganliklari, turli uslubiy vositalar yordamida asar kompozisiyasini boyitib, muallif g‘oyasini har tomonlama va chuqur ochib berganliklariga oid xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida amalga oshirilgan FA-F-1-G002-son “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida, shuningdek, Omon Muxtorning “Ming bir qiyofa” romani mifopoetikasi va janriy o‘ziga xosligini tadqiq etishda foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 20 avgustdagi 211/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Omon Muxtor asarlarining janr strukturasi tizimga solingan va mifopoetik tahlil bilan boyitilgan;
rusiyzabon va o‘zbek nasrida “mifologizm”, “neomifologizm” va “mifopoetika”ning shakllanishida metafora, ramziylik, ko‘chimlilik, ong oqimi, gallyusinatsiya kabi poetik hodisalarga oid xulosalardan “Ma’rifat” gazetasidagi materiallarni yoritishda foydalanilgan (“Ma’rifat” gazetasining 2021 yil 27 sentyabrdagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada gazetaning ko‘psonli o‘quvchilariga “mif”, “mifologizm”, “neomifologizm” va “mifologiya” atamalari tushunarli tarzda anglatilgan;
rusiyzabon va o‘zbek nasrida “mifologizm”, “neomifologizm” va “mifopoetika”ning shakllanishida metafora, ramziylik, ko‘chimlilik, ong oqimi, gallyusinatsiya kabi poetik hodisalarga oid xulosa va takliflaridan “Qashqadaryo” telekanali “Bir osmon ostida” ko‘rsatuvida foydalanilgan (“Qashqadaryo” telekanalining 2021 yil 21 sentyabrdagi 12-15/295-son ma’lumotnoma). Natijada tomoshabinlar bu tushunchalar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishgan;
zamonaviy o‘zbek adabiyotiga XX asr rusiyzabon va o‘zbek adiblari ijodi ta’sir ostida badiiy asarlar tarkibida mifologizmning rivoyat, afsona hamda mif kabi turli ko‘rinishlari aks etganligi, mifopoetika masalalarida esa matnning polifonik talqinlariga murojaat orqali ularning poetik mahorati ortib borganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Mavzu”, “Taqdimot” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 sentyabrdagi 01-13/1548-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek yozuvchisi ijodi haqidagi tasavvurlar ko‘lami kengaygan, uning badiiy uslubi belgilari aniqlangan.