Mamaev Sherali Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
«Magistral teplovozlar tortish uzatmalaridagi tortish kuchlari tebranishlarini modellashtirish», 05.08.05 – «Temir yo‘llar harakat tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam (B2022.2. PhD/T1768):
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Fayzibaev Sherzod Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DhD.15/30.12.2019.T.73.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xromova Galina Alekseevna- texnika fanlari doktori, professor.; 
Zayniddinov Nuriddin Savranbekovich– texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magistral teplovozlarning tortish uzatmalaridagi tortish kuchlari burama tebranma xarakati va reduktor tishli g‘ildiraklarida yuzaga keladigan emirilishni modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
UZTE16M tipidagi teplovozning tortish uzatmalarida vujudga keluvchi burama tebranma xarakatlarni taxlil qilish uchun g‘ildirak-motor bloki dinamik va geometrik parametrlaridan foydalangan holda, dinamik modeli ishlab chiqilgan;
magistral teplovozlarning g‘ildirak-motor bloki modeliga asoslanib, tortuv uzatmalari burama tebranish xarakatini 2–turdagi Lagranj tenglamalari asosida differensial tenglamalari ishlab chiqilgan;
magistral teplovozlarning tortuv elektr motorlarining uzellarining geometrik o‘lchamlari, ularning emirilish darajasi, hamda g‘ildirak-motor blokida kuchni uzatish jarayonida vujudga keladigan burama tebranish xarakatini 2–turdagi Lagranj tenglamalarini qo‘llagan holda differensial tenglamalarni echishni raqamli usluli ishlab chiqilgan;
magistral teplovozlarning g‘ildirak-motor bloki burama tebranma harakati oldini olish maqsadida, tashqi muxit va ortiqcha yuklanishlarni hisobga olgan holda, reduktor shestrenya-g‘ildirak tishlarining emirilishini aniqlovchi matematik model ishlab chiqildi;
magistral teplovozlarni ta’mirlashga qo‘yishda tortuv elektr motor kollektor-shhyotkali uzelining holati bo‘yicha optimal ta’mirlash hajmlarini aniqlashning ilmiy-asoslangan echimlari Markovning tasodifiy jarayoni, Bernshteyn qonuni, Laplas funksiyasilarni qo‘llash orqali ishlab chiqilgan; 
magistral teplovozlarning tortuv elektr motorlarini kollektor-shhyotkali uzelining ochiq nosozliklarini aniqlash maqsadida, tortuv elektr motorlarini diagnostika qilishda har bir nosozlikning yashirin davriyligini aniqlashning Lagranj – Doyl qonuniyatlarini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Magistral teplovozlarning tortish uzatmalaridagi tortish kuchlari burama tebranish xarakatini modellashtirish asosida:
ishlab chiqilgan magistral teplovozlarning tortuv elektr motorlari tok olish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan G‘MB detallarining funksional aloqalarining tahlili  bo‘yicha magistral teplovozlarning tortuv elektr motorlarini kollektor-shhyotkali uzelining ochiq nosozliklarini diagnostika qilishni matematik modeli «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» UK da ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 28 apreldagi №01/1419-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, UZTE16M tipidagi teplovozlar uchun elektr uzatmasini matematik modeli asosida modernizatsiyalash tortuv kuchlarining 5-15% oshirish imkonini bergan. 
magistral teplovozlarning tortuv elektr motorlarini kollektor-shhyotkali uzelining ochiq nosozliklarini diagnostika qilishni matematik jihatdan asoslab berish uslubiyotini qo‘llagan xolda UZTE16M teplovozini tortuv elektr motor kollektor-shhyotkali uzelining holati bo‘yicha optimal ta’mirlashni «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» UK da  ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasining 2022 yil 28 apreldagi №01/1419-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, tortuv elektr elektr motorlarinining tamirsiz ishlash muddatini 20% ga va ish bajarish koefisientini 18% oshirish imkonini bergan.
magistral teplovozlarning tortuv elektr motorlarini kollektor-shhyotkali uzelining ochiq nosozliklarini diagnostika qilishni matematik jihatdan asoslab berish uslubiyoti «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» UK da  ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘ztemiryo‘lmashta’mir» UK ning 2022 yil 28 apreldagi №01/1419-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, magistral teplovozlarning tortish uzatmalari ishlash muddatini 24% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish