Raximov Mirzoxid Alisher o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doyni o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga fosforli o‘g‘itlarning qo‘llash usul va me’yorlarini ta’siri (Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx206.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ravshan Inomjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bozorov Xolmurod Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda, fosforli o‘g‘itlarni qo‘llashning maqbul usul va me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida fosforli o‘g‘itlardan ammofos, PS–agro o‘g‘itlarini kuzgi bug‘doyga qo‘llanilganda, shudgor ostiga sof holda ammofos o‘g‘itini 90 kg/ga, kaliyli o‘g‘itini 60 kg/ga, me’yorlarda qo‘llanilganida, tuproqning hajm og‘irligi 0,04–0,02 g/sm3 ga kamayib, g‘ovakligi 1,36–0,86% ga ortganligi, g‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doy urug‘lari ekilganidan so‘ng egat yuzasiga sof holda PS–agro o‘g‘itni 90 kg/ga, kaliyli o‘g‘itini 60 kg/ga, me’yorlarda qo‘llanilganida esa tuproqning hajm og‘irligi 0,03–0,02 g/sm3 ga kamayib, g‘ovakligi 1,11–0,86% ga ortib, agrofizikaviy xossalari yaxshilanganligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy urug‘larini ekish oldidan shudgor ostiga sof holda ammofos o‘g‘itini 90 kg/ga, kaliyli o‘g‘itini 60 kg/ga, me’yorlarda qo‘llash mahsuldor poyalar sonini 118,8 dona/m2 ga, g‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doy urug‘lari ekilganidan so‘ng egat yuzasiga sof holda PS–agro o‘g‘itni 90 kg/ga, kaliyli o‘g‘itini 60 kg/ga, me’yorlarda qo‘llash mahsuldor poyalar sonini 99,7 dona/m2 ga yuqori bo‘lishini ta’minlashi aniqlangan;
shudgor ostiga sof holda ammofos o‘g‘itini 90 kg/ga, kaliyli o‘g‘itini 60 kg/ga, o‘suv davri davomida azotli o‘g‘itini 200 kg/ga me’yorlarda qo‘llash don  hosildorligini 26,1 s/ga, somon hosildorligini 29,5 s/ga yuqori bo‘lishini ta’minlab, rentabellik darajasi 37,9% ni tashkil etganligi aniqlangan;
g‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doy urug‘lari ekilganidan so‘ng egat yuzasiga sof holda PS–agro o‘g‘itini 90 kg/ga, kaliyli o‘g‘itini 60 kg/ga, o‘suv davri davomida azotli o‘g‘itini 200 kg/ga me’yorlarda qo‘llash, don hosildorligini 23,4 s/ga, somon hosildorligini 25,2 s/ga yuqori bo‘lishini ta’minlab, rentabellik darajasi 33,8% ni tashkil etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi bug‘doy etishtirishda fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Kuzgi bug‘doyni etishtirishda fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash usullari» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02/021–3689–son ma’lumotnomasi). Natijada g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani fermer xo‘jaliklarida shudgor ostiga sof holda ammofos o‘g‘itini 90, kaliyli o‘g‘itini 60 kg/ga, me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi 183 gektar maydonga, g‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doy urug‘lari ekilgandan so‘ng egat yuzasiga sof holda PS–agro o‘g‘itini 90, kaliyli o‘g‘itini 60 kg/ga, me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi 120 gektar maydonga, Mirishkor tumani fermer xo‘jaliklarida shudgor ostiga sof holda ammofos o‘g‘itini 90, kaliyli o‘g‘itini 60 kg/ga, me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi 72 gektar maydonga, g‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doy urug‘lari ekilgandan so‘ng egat yuzasiga sof holda PS–agro o‘g‘itini 90, kaliyli o‘g‘itini 60 kg/ga, me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi 60 gektar maydonga, viloyat bo‘yicha jami 434 (shudgor ostiga 254 ga, egat yuzasiga 180 ga) gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02/021–3689–son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy usulda etishtirilgan kuzgi bug‘doy maydonlariga nisbatan gektaridan 6,1–12,6 sentner qo‘shimcha don hosili olingan;
och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida fosforli o‘g‘itlarni samarali qo‘llash agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda fosforli o‘g‘itlardan ammofos o‘g‘itini shudgor ostiga sof holida 90 kg/ga, g‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doy urug‘lari ekilgandan so‘ng PS–agro o‘g‘itini esa egat yuzasiga sof holda 90 kg/ga, me’yorda qo‘llash yuqori samara berishi aniqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02/021–3689–son ma’lumotnomasi). Ushbu texnologiyani qo‘llash natijasida g‘alla etishtirishda rentabellik darajasi 5,5–2,5 foizga ortganligi qayd etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish