Rahimova Aziza Abduhalimdjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rmon biotsenozda Lepidoptera turkumi vakillari populyasiyasi sonini boshqarishda trixogramma (Trichogrammatidae) turlarining ahamiyati”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx608.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Biologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Maxpuza Nu’manovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Muxsinov Nurillo Po‘latovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rmon biotsenozlarida zarar etkazayotgan Lepidoptera turkumiga mansub zararli xasharotlarga qarshi kurashga ixtisoslashgan, samarali bo‘lgan Trichogramma dendrolimi turini introduksiya qilish, ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish va biologik samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonga o‘rmon biotsenozlarining zararkunandalariga qarshi kurashga ixtisoslashgan, samarali Trichogramma dendrolimi parazit-entomofagi Pokiston davlatining Pandjob universitetidan introduksiya qilingan;
Trichogramma dendrolimi va Trichogramma pintoi pushtdorligiga yorug‘likning ta’siri aniqlanib Trichogramma dendrolimi pushtdorligi uchun 10 soat, Trichogramma pintoi pushtdorligi esa 12 soat yorug‘lik optimal ekanligi aniqlangan;
Trichogramma dendrolimi avlodlariga Avant 15% k.e, 0,5 l/ga preparati ta’sir ettirilganda 70,1% imagolik davriga qadar rivojlanishi isbotlangan;
Trichogramma dendrolimi entomofagi Lepidoptera turkumining asosiy vakillariga qarshi trixokarta va dron orqali resurs tejamkor tarqatish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rmon biotsenozda Lepidoptera turkumi vakillari populyasiyasi sonini boshqarishda trixo- gramma (Trichogrammatidae) turlarining ahamiyati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Introduksiya qilingan Trichogramma dendrolimi turini ko‘paytirish texnologiyasi Toshkent Davlat agrar universitetining O‘simliklarni biologik himoya qilish ilmiy tadqiqot markazi DUK biolaboratoriyasiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 01 noyabr №02/025-4445-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavsumda o‘rmon biotsenozida uchraydigan Lepidoptera turkumi vakillarining samarali parazit entomofaglarini yalpi ko‘paytirish va qo‘llash samaradorligi 3-4 barobarga ortgan;
Trichogramma dendrolimi parazit-entomofagi Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani “Toshoxur” “Oyim-1”; Jalaquduq tumani Oyim-2”; “Oltinko‘l tumani “Qo‘shtepa” “Ko‘makay”; Bo‘ston tumani “Sherqo‘rg‘on” “Bo‘ston”; Izboskan tumani “Lo‘g‘imbek”; Andijon tumanida “Andijon” o‘rmon xo‘jaliklari va Toshkent viloyati “Oq-tosh” o‘rmon xo‘jaligi daraxtlardagi Lepedoptera turkumi vakillariga qarshi 1300 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 01 noyabr №02/025-4445-son ma’lumotnomasi). Natijada parazit-entomofag qo‘llanilganda o‘rtacha 64,3-73,6% biologik samaradorlikka erishilgan;
Trichogramma dendrolimi parazit-entomofagi “Oq-tosh” va “Toshoxur” o‘rmon va xo‘jaliklaridagi yong‘oq daraxtlari mevasiga zarar etkazayotgan yong‘oq mevaxo‘riga (Erschoviella musculana Ersch.) qarshi kurashishda 5,0 mg/daraxt (1g/ga) miqdorda 109 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 01 noyabr №02/025-4445-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Toshoxur” o‘rmon xo‘jaligi yong‘oq daraxtlaridan 5,1 s/ga qo‘shimcha hosil, mos ravishda 71,6% va 73,6% biologik samaradorlik, rentabellik darajasi 4,17% ni tashkil etgan;
Trichogramma dendrolimi entomofagi “Oyim-2” o‘rmon xo‘jaligida olma kuyasiga qarshi 4,0 mg/daraxt (1g/ga) me’yorda 73 gektar maydonga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 01 noyabr №02/025-4445-son ma’lumotnomasi) Natijada, 66,7-72,4% biologik samaradorlikka erishilgan, hamda 7,5-9,0 s/ga qo‘shimcha xosil saqlab qolingan; 
Trichogramma dendrolimi entomofagi “Ko‘makay” o‘rmon xo‘jaligi va “Do‘stlik” istiroxat bog‘idagi daraxtlar tanasiga zarar etkazuvchi sassiqxo‘rga qarshi 4,0 mg/daraxt (1g/ga) va 3,0 g/ga miqdorda 63 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 01 noyabr №02/025-4445-son ma’lumotnomasi). Natijada mos ravishda 68,7% va 64,3% biologik samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish