Shokirova Gavxar Nazirgulomovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za tunlamiga qarshi kurash samaradorligini oshirib, unga qarshi ishlatiladigan vositalar hajmini maqbullash texnologiyasini yaratish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx144.
Ilmiy rahbar: Xo‘jaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Rasul Axmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Arslanov Muxammadsoli Turg‘unovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyati sharoitida g‘o‘za tunlamiga qarshi kurash samaradorligini oshirib, foydalanib kelinayotgan ximoya vosita va usullarini hamda sarf xarajatlarni maqbullashtirib, agrotexnik tadbirlarni hisobga olgan holda umumiy kurash texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘za parvarishida ishlatiladigan agrotexnik tadbir-choralardan shudgor o‘tkazilgan dalada g‘o‘za qator oralariga bug‘doy ekilgan dalaga nisbatan g‘o‘za tunlami 25% ga kam bo‘lishi isbotlangan;
chilpilgan o‘suv nuqtalarini g‘o‘za qator oralariga tashlab ketilgan dala maydoniga nisbatan, fartuklarga yig‘ib dala tashqarisiga olib chiqilgan dala maydonida, yuqori samaradorlikka erishilib 36-42% ni tashkil etishi aniqlangan;
g‘o‘za parvarishida mineral o‘g‘itlar hamda g‘o‘za tunlamiga qarshi kimyoviy qarshi kurashish vositalarini qo‘llash natijasida 63,7% gacha qo‘shimcha hosil olish imkoniyati aniqlangan;
feromonitoring yordamida eng samarali ilmiy-asoslangan kimyoviy ishlov o‘tkazish muddatlarini aniqlash hisobiga biologik samaradorlikni 30-40% ga ortib har gektardan qo‘shimcha 3,2 s hosil, hamda 442 ming so‘m/ga iqtisodiy samara olinishi aniqlangan; 
g‘o‘za tunlami va so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi Duet, 55% em.k. – 1,5 l/ga, Progress Plyus, 44% em.k. – 1,5 l/ga aralashma dorilarni ishlatish maqbul ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zani g‘o‘za tunlamidan himoya qilishning samaradorligini oshirib, unga qarshi sarfxarajatlarni maqbullashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
g‘o‘za va boshqa zararlanadigan ekinlarni g‘o‘za tunlamidan Farg‘ona vodiysi mintaqalarida himoya qilish uchun “G‘o‘za tunlamiga qarshi zamonaviy kurash tizimi” nomli tavsiyanoma chop etilgan, Entovant Entovant PRO -0,2-0,45 l kg/ga; Prokleym, Emamek, Emaben Surender va b. (0,35 kg/ga) 1 gektarga miqdorida qo‘llash joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 6 oktyabrda 02/025-4053 son ma’lumotnomasi). Natijada Qishloq xo‘jalik soxasida fermer xo‘jaliklar, agroklasterlar va qishloq xo‘jaligi mutaxassislari uchun qo‘llanma sifatida, qo‘llanilgan himoya vositalar miqdori maqbullashib, har gektardan o‘rtacha 3-4 s qo‘shimcha hosil olish imkoni yaratilgan; 
Entovant, Entovant PRO (0,2-0,45l,kg/ga), Prokleym, Surender, Emamek preparatlarini 0,35kg/ga me’yorda Toshloq tumani Soxibjon MMM nomli fermer xo‘jaligida 12,0 gektar, Oltiariq tumani Nozimaxon Maxmura nomli fermer xo‘jaligida 14,5 gektar g‘o‘za maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 6 oktyabrda 02/025-4053-son ma’lumotnomasi). Natijada xar gektar maydondan 2,5 s/ga dan 4,0 s/ga chacha hosil saqlab qolishga erishilgan;
Entovant, Entovant PRO (0,2-0,45l,kg/ga), Prokleym, Surender, Emamek preparatlarini 0,35kg/ga me’yorda Farg‘ona viloyati g‘o‘za maydonlarida 2016 yil 2160 gektar, 2017 yilda 3400 gektarga qo‘llash joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 6 oktyabrda 02/025-4053-son ma’lumotnomasi). Natijada xar gektaridan o‘rtacha nazoratga nisbatan 2176000 so‘m, andozaga (DESIS 2,5% e.m.g. 0,7 l/ga) nisbatan esa 1 900 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish