Eshquvvatov To‘lqin Eshquvvatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida nizoli vaziyatlar profilaktikasining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish (pedagogika yo‘nalishlari misolida)” mavzusidagi 13.00.01 - Pedagogika nazariyaci. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/P99.
Ilmiy raxbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibraimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, profeccor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat univerciteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Acqarov Abror Davlatmirzaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falcafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarining pedagogik ta’lim yo‘nalishlarida nizoli vaziyatlar profilaktikasining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv jarayonlaridagi nizolar profilaktikasining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari yo‘nalishlari oliy ta’lim muassasalarida sub’ektlarning siklik munosabatlari mazmunini faoliyat natijalariga ko‘ra ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quv jarayoni sub’ektlarining nizoli vaziyatlarga yo‘naltirilgan profilaktik funksiyalari nizo belgilarini harakat ta’siriga ko‘ra guruhlashtirish (sustlashuv, e’tiroz, muloqot og‘ishuvi, natijasizlik) asosida belgilangan;
ta’lim muassasalarini innovatsion rivojlantirishning nizolar profilaktikasiga asoslangan tashkiliy bosqichlari innovatsiyalarni tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlar (munosabat, rejalashtirish, tahlil, tayyorgarlik, hamkorlik) va talablar (tezkor amaliyot, kenglik, targ‘ibot va tashviqot)ni o‘quv faoliyatiga integratsiyalash (rektorat-o‘qituvchi-innovator-talaba-ota-ona) asosida ishlab chiqilgan;
talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlarining metodik ta’minoti bo‘lajak o‘qituvchilarni nizo profilaktikasiga tayyorlash bo‘yicha ilmiy bilish, uning mazmuni va xususiyatlari hamda texnologik asoslariga oid maqsadli o‘quv kursini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining pedagogik ta’lim yo‘nalishlarida nizoli vaziyatlar profilaktikasining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
Oliy ta’lim muassasalarida sub’ektlarning siklik munosabatlari mazmunini faoliyat natijalariga ko‘ra ochib berish, o‘quv jarayonlaridagi nizolar profilaktikasining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari yo‘nalishlari, talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlarining metodik ta’minoti, bo‘lajak o‘qituvchilarni nizo profilaktikasiga tayyorlashga doir takliflardan 5210200-Psixologiya bakalavriat yo‘nalishi malaka talablari, o‘quv dasturlari va “Konfliktlar psixologiyasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Sh.Rashidov nomidagi SamDUning 2022 yil 9 fevraldagi 10-920-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjatlar ta’lim yo‘nalishi o‘quv mazmunini shakllantirish, ular tarkibiga nizolar profilaktikasiga oid bilimlarni singdirish imkonini bergan;
nizo belgilarini harakat ta’siriga ko‘ra guruhlashtirish (sustlashuv, e’tiroz, muloqot og‘ishuvi, natijasizlik), o‘quv jarayoni sub’ektlarining nizoli vaziyatlarga yo‘naltirilgan profilaktik funksiyalariga doir takliflardan JXBL-22 sonli “Oiladagi jinoyatlar va zo‘rovonliklar, oiladagi krinogen muxit, kelib chiqish sabablarini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 martdagi 02-07-683/04-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha asosida oliy ta’lim muassasalarida nizoli vaziyatlar profilaktikasiga doir ishlar samaradorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pedagogik omil va shart-sharoit xususiyatlarini belgilashda xizmat qilgan;
ta’lim muassasalarini innovatsion rivojlantirishning nizolar profilaktikasiga asoslangan tashkiliy bosqichlari, innovatsiyalarni tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlar (munosabat, rejalashtirish, tahlil, tayyorgarlik, hamkorlik) va talablar (tezkor amaliyot, kenglik, targ‘ibot va tashviqot) hamda ularni o‘quv faoliyatiga integratsiyalash (rektorat-o‘qituvchi-innovator-talaba-ota-ona)ga oid amaliy taklif va tavsiyalar “Konfliktlar psixologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Sh.Rashidov nomidagi SamDUning 2022 yil “9” fevraldagi 10-920-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogik nizolarni diagnostikalash, oliy ta’lim muassasalari talabalarini pedagogik faoliyatga sifatli tayyorlash, ma’naviy-axloqiy nizolarga nisbatan konstruktiv munosabatni qaror toptirishga xizmat qilgan;
talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlarining metodik ta’minoti bo‘lajak o‘qituvchilarni nizo profilaktikasiga tayyorlash bo‘yicha maqsadli o‘quv kursini (ilmiy bilish, uning mazmuni va xususiyatlari hamda texnologik asoslariga oid) ishlab chiqish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavsusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 martdagi 02-07-683/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, nizoli vaziyatlar profilaktikasiga oid o‘quv jarayoni tarkibi asosida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.