Rahimov Komiljon Rahmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xojagon-naqshbandiya ta’limotining ildizlari va shakllanish manbalari (IX–XIV asrlar)», 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari, 07.00.03 – Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tar138.
Ilmiy rahbar: Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.44.01.
Rasmiy opponentlar: Mahmud Hasaniy, tarix fanlari doktori; Haqqulov Ibrohim, filologiya fanlari doktori, professor; Navro‘zova Gulchehra, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xojagon-naqshbandiya ta’limotining vujudga kelish shart-sharoitlari, kelib chiqish ildizlari va shakllanish manbalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VIII–XI asrlarda islom dunyosida tasavvufning vujudga kelishi va tarqalishining shart-sharoitlari, jumladan, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy-aqidaviy sabablari, tasavvuf tarixining zohidlik (VIII–IX asrlar), so‘fiylik maktablari va oqimlari (IX–XI asrlar) va so‘fiylik tariqatlari (XII asrdan keyin) davrlariga bo‘linishi, VIII–IX asrlarda Madina, Basra, Ko‘fa, Xuroson va Markaziy Osiyo zohidlik maktablari, IX–XI asrlarda Nishopur, Misr, Damashq, Bag‘dod va Markaziy Osiyo so‘fiylik maktablari faoliyat ko‘rsatganligi ochib berilgan;
Islom sivilizatsiyasining boshqa yirik markazlari qatorida Markaziy Osiyoning ham tasavvuf beshiklaridan biri bo‘lganligi, jumladan, bu o‘lkada ham VIII asrdan boshlab tasavvuf vujudga kelganligi, VIII–IX asrlarda tasavvufning zohidlik davri, IX–XI asrlarda esa so‘fiylik maktablari va oqimlari davri kechganligi aniqlanib, Markaziy Osiyo zohidlik maktabining (VIII–IX asrlar) asosiy tarmoqlari, vakillari va g‘oyalari, shuningdek, Markaziy Osiyo so‘fiylik maktabining (IX–XI asrlar) asosiy oqimlari, muhitlari, vakillari va g‘oyalari ochib berilgan;
Markaziy Osiyo tasavvufi tarixining VIII–XI asrlarda – so‘fiylik tariqatlariga qadar kechgan davrining XII asrda xojagon-naqshbandiya tariqatining vujudga kelishi uchun zamin bo‘lib xizmat qilganligi dalillangan;
Xojagon-naqshbandiya tariqati birinchi navbatda XII asrgacha bo‘lgan Markaziy Osiyo so‘fiylik an’analarining davomchisi bo‘lganligi, shuning bilan birgalikda muayyan darajada o‘zigacha mavjud bo‘lgan boshqa, jumladan, Xuroson va Iroq so‘fiylik maktablari tajribalarini o‘zlashtirganligi isbotlangan;
Xojagon-naqshbandiya ta’limotining vujudga kelishida ungacha yozilgan tasavvuf manbalari muhim rol` o‘ynaganligi, jumladan, IX–XI asrlar so‘fiylik manbalari – Markaziy Osiyo, Xuroson va Iroq tasavvuf maktablari vakillari asarlari va ta’limotlarining xojagon-naqshbandiya ta’limotidagi asosiy konsepsiyalarning hamda ushbu ta’limot rashhalarining shakllanishidagi roli va o‘rni ochib berilgan;
XII–XV asrlarda xojagon-naqshbandiya ta’limoti asoslarining shakllanishi va takomillashishi jarayoni mazkur tariqatning ushbu davrda yaratilgan nazariy manbalari – mazkur tariqat asoschilari va boshqa vakillari tomonidan yozilgan asarlar asosida ko‘rsatib berilib, xojagon-naqshbandiya tariqati manbalarining mazkur ta’limotning shakllanishi va takomillashishidagi o‘rni aniqlashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xojagon-naqshbandiya ta’limotining ildizlari va shakllanish manbalari (IX–XIV asrlar) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda ziyorat turizmi dasturini rivojlantirish va gidlarning diniy-tasavvufiy bilimlari bilan bog‘liq malakasini oshirish bo‘yicha berilgan taklif Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazi amaliyotida foydalanilgan (Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazining 2020 yil 16 yanvardagi A-04/14-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019 yil Buxoroda I Xalqaro ziyorat turizmi forumi doirasida o‘tkazilgan etti pirlar merosi bilan bog‘liq taqdimot o‘tkazilishi va etti pirlar merosini ilmiy asosda o‘rganilishi hamda 2021 yil 30 dekabr` kuni Turkiyaning Inonu universitetida “Abduxoliq G‘ijduvoniy va tasavvuf” nomli xalqaro simpozium o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan;
Xojagon-naqshbandiya tariqati birinchi navbatda XII asrgacha bo‘lgan Markaziy Osiyo so‘fiylik an’analarining davomchisi bo‘lganligi, shuning bilan birgalikda muayyan darajada o‘zigacha mavjud bo‘lgan boshqa, jumladan, Xuroson va Iroq so‘fiylik maktablari tajribalarini o‘zlashtirganligiga oid xulosalar Etti pirlar haqida maxsus fil`m yaratilishi bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Matbuot xizmati amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati media markazining 2019 yil 18 iyundagi 96-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati media markazi tomonidan 34 daqiqalik «Etti pir ziyorati» nomli maxsus fil`m tayyorlangan;
Xojagon-naqshbandiya ta’limotining vujudga kelishida ungacha yozilgan tasavvuf manbalari muhim rol` o‘ynaganligi, jumladan, IX–XI asrlar so‘fiylik manbalari – Markaziy Osiyo, Xuroson va Iroq tasavvuf maktablari vakillari asarlari va ta’limotlarining xojagon-naqshbandiya ta’limotidagi asosiy konsepsiyalarning hamda ushbu ta’limot rashhalarining shakllanishidagi roli va o‘rni haqidagi xulosalar xojagon-naqshbandiya tariqati etti pirlari meroslarini xorijda targ‘ib qilishda hamda turk tilida 6 ta maxsus monografik tadqiqot yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 13 maydagi 02-18/1673-son dalolatnomasi). Natijada dissertantning bevosita ishtiroki va rahnamoligida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning 2022 yil 29-30 mart kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Xiva shahrini aylanib ko‘rishi chog‘ida oliy martabali mehmonga ushbu shahar tarixi va tarixiy yodgorliklari to‘g‘risida ma’lumot berishda foydalanilgan;
O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi tasavvuf tariqatlari va xattotlik san’ati bilan bevosita bog‘liq tasavvuf allomalari, xojagon-naqshbandiya tariqati etti pirlari bilan bog‘liq ilmiy ma’lumotlar Islom sivilizatsiya markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 16 maydagi 374/22-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nizomi, maqsad va vazifalarini hamda ushbu markazning tasavvuf va xattotlik ekspozisiya bo‘limini shakllantirilgan;
Tasavvuf va naqshbandiya ta’limoti bilan bog‘liq qo‘lyozma manbalarni chuqur o‘rganish va ularni keng targ‘ib qilish, ilmiy muassasalar, oliy va o‘rta maxsus diniy o‘quv yurtlari kutubxonalariga taqdim qilish bilan bog‘liq takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 18 maydagi 02-06/3891-son dalolatnomasi). Natijada tadqiqotchining bevosita ishtirokida xojagon-naqshbandiya tariqati va etti pirlar merosiga oid jami 73 nomdagi qo‘lyozma va toshbosma asarlar faksimile nusxalari, kitob va risolalar, etti pirlar haqida 10 ta haqiqat nomli plakatlar nashrga tayyorlandi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada ziyorat turizmi bo‘limida etti pirlar tarixi bilan bog‘liq asarlarni rejaga kiritishda foydalanilgan.