Nurmatova Shaxnoza Murodullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh basketbolchilarning harakat tezkorligini rivojlantirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1466.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xankeldiev Sher Hakimovich, pedagogika fanlar doktori professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh basketbolchilarning harakat tezkorligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
10-12 yoshli basketbolchilarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida harakat tezkorligini rivojlantirish uchun tezkorlik mashqlaridan o‘zgaruvchan sharoitda oyoq va qo‘l mushak kuchini uzluksiz hamda interval mashq uslubida mashg‘ulotga kiritish hisobiga jismoniy tayyorgarligini oshirish imkoniyati takomillashtirilgan;
10-12 yoshli basketbolchilarda o‘yin jarayonida to‘p bilan hujumchining himoyachiga qarshi harakatini amalga oshirish uchun zich himoyalanishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqib qarshiligidagi muvozanat mashqlarini qo‘llash hisobiga hujum va himoya kombinatsiyalaridagi individual, guruhli va jamoaviy harakat tezkorligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
10-12 yoshli basketbolchilarning tezkorlik, chaqqonlik, tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish uchun yuqori darajada ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarni tanlash orqali musobaqa o‘yin sharoitida talab etiladigan murakkab reaksiya harakatlarini kutilmagan vaziyatlardagi to‘p bilan va to‘psiz raqib qarshiligida bajariladigan yuqori tezkorlikni aldamchi harakatlarga moslashtirish hisobiga musobaqa faoliyatida o‘yin sur’atini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida 10-12 yoshli basketbolchilarning o‘yindagi tezkorlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlari asosida raqib qarshiligini engib o‘tishda o‘yinchilarning orqa zonadan oldi zonadagi ochiq pozisiyaga chiqishdagi harakat tezkorligini kombinatsiyalash (qisqa soniyali qarshi hujum) evaziga hujum qilish ko‘nikma va malakalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh basketbolchilarning harakat tezkorligini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
10-12 yoshli basketbolchilarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida harakat tezkorligini rivojlantirish uchun uzluksiz hamda interval mashq uslubi O‘zbekiston basketbol federatsiyasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 25 avgustdagi 03-17-02/5569-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh basketbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish imkoniyati 6,8 % ga o‘sgan;
10-12 yoshli basketbolchilarning o‘yin jarayonida himoyachiga qarshi harakatini va himoyalanishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan muvozanat mashqlari Samarqand viloyati Tayloq tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida basketbolchilarning mashg‘ulot jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 25 avgustdagi 03-17-02/5569-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh basketbolchilarning individual, guruhli va jamoaviy harakat tezkorligi 14% ga ortgan;
10-12 yoshli basketbolchilarning tezkorlik, chaqqonlik, tezkor-kuch sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlar ishlab chiqilib, murakkab reaksiya harakatlarini kutilmagan vaziyatlardagi to‘p bilan va to‘psiz raqib qarshiligida bajariladigan maqshlarni kiritish orqali Samarqand viloyati Urgut tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi basketbolchilarining mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 25 avgustdagi 03-17-02/5569-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-12 yoshli basketbolchilarning musobaqa faoliyatida o‘yin sur’ati 20 % o‘sgan;
yosh basketbolchilarning o‘yindagi tezkorlik darajasini ko‘rsatuvchi harakatlanish algoritmi hamda psixologik tayyorgarligi va individual imkoniyatlaridan kelib chiqib harakat tezkorligini rivojlantirish texnologiyasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tayyorlanadigan Sport faoliyati (basketbol) bakalavriat ta’lim ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Basketbol nazariyasi va uslubiyati” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 25 avgustdagi 03-17-02/5569-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh basketbolchilarning tezkor qarshi hujumga o‘tish ko‘nikmalari 20 % oshishiga xizmat qilgan.