Abdiev Sherzod Abduraxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tayanch-harakat apparati shikastlangan yuqori malakali uloqtiruvchilarning sport mashg‘ulotlarini optimallashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped436.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Sodikov Akbar Gayratovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori dotsent; Saidov Izzatilla Ismatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tayanch-harakat apparati shikastlangan yuqori malakali uloqtiruvchilarning texnik elementlarni o‘zlashtirishida biomexanik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib sport mashg‘ulotlarini optimallashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayanch-harakat apparatida shikastlanishi bo‘lgan yuqori malakali uloqtiruvchilar tayyorgarligining jismoniy, texnik, funksional holatidan kelib chiqib nozologiyaning har bir sport sinfi uchun (F42-43, F56-57, F51-55, F31-33) bajara olish imkoni bo‘lgan vositalarni (asosiy yuklamalar tushadigan muskullar asosida) saralash va majmuaviy (jismoniy sifatlari va texnikasini) nazorat qilish hisobiga sportchilarning integral boshqarish tizimi kengaytirilgan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan para engil atletikachi uloqtiruvchilarning texnik tayyorgarligida tananing sagital tekislikda egilish burchaklarini harakat tezligining boshlang‘ich fazasiga nisbatan uloqtirishning oxirgi bosqichida snaryadning mutloq tezligi evaziga sport natijalarini yaxshilash imkoniyati oshirilgan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan para engil atletikachi uloqtiruvchilarni musobaqadagi texnik harakatlarni biomexanik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib texnik zahirasida model xususiyatlari bo‘yicha kamchiliklarini tana holatiga nisbatan elka burilishlarini va uloqtirishda snaryadni uchish burchaklarining og‘ish harakatlarini o‘z vaqtida to‘g‘irlash hisobiga uloqtiruvchilarning individual imkoniyatlari optimallashtirilgan;
uloqtiruvchilarning turli snaryadlarda katta kuch talab etadigan mashqlar uchun maxsus uskunalardan foydalanib portlash kuchini takomillashtirishga qaratilgan  qisqa muddatda katta kuch namoyon qiladigan (tezkor kuch, kuch chidamlilik) hamda haftalik yuklamalarni me’yorlash orqali mikrotsikllarni ishlab chiqish hisobiga sport amaliy mashg‘ulotlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli nazologiyalar va sport sinflarni inobatga olgan xolda ishlab chiqilgan test majmui va unda qo‘llanilgan vosita va usullar bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
tayanch-harakat apparati shikastlangan yuqori malakali uloqtiruvchilarni texnik tayyorgarlik metodikasi, funksional xususiyatlarini inobatga olgan holda samarali vositalardan foydalanish bo‘yicha takliflar “Adaptiv engil atletikani o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgust 418-sonli buyrug‘iga asosan 418-086 raqamli guvoxnoma). Natijada para engil atletikachi uloqtiruvchilarni musobaqa oldi jismoniy tayyorgarlik samaradorligi darajasi 18,11 % ga yaxshilangan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan para engil atletikachilarni uloqtirish turlarida texnik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Adaptiv engil atletikani o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgust 418-sonli buyrug‘iga asosan 418-086 raqamli guvoxnoma). Natijada para engil atletikachi uloqtiruvchilarni texnik tayyorgarlik samaradorligi darajasi 22,15 % ga yaxshilangan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan para engil atletikada uloqtiruvchilarni musobaqa mashqlari bo‘yicha texnik harakatlarni tuzishda biomexanik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib texnik zahirasida model xususiyatlarini individual imkoniyatlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston engil atletika federatsiyasida shug‘ullanuvchilar bilan olib borilgan mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 14 oktyabrdagi 03-17-02/9030-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston engil atletika federatsiyasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 366-son dalolatnomasi). Natijada yuqori malakali uloqtiruvchilarni umumiy texnik harakatlarining o‘sish darajasi 20,13 % ga oshgan;
uloqtiruvchilarning turli snaryadlarda bajariladigan mashqlar uchun maxsus uskunalardan foydalanishini hisobga olishga qaratilgan zarbdor mikrotsikllar O‘zbekiston para engil atletika terma jamoa a’zolari o‘quv-mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 14 oktyabrdagi 03-17-02/9030-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston engil atletika federatsiyasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 366-son dalolatnomasi). Natijada, Tokio 2020 paralimpiya o‘yinlarida tayanch-harakati apparati shikastlangan uloqtiruvchi sportchilarimiz, X.Norbekov, M.Xamdamova oltin, N.Qurbonova kumush va bronza, D.Axmatxonova va M.Rixsimovlar 6-o‘rin, Yo.Odilov 9-o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish