Akabirova Lola Xuseynovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maydalash texnologik jarayonining kompyuter modelini ishlab chiqish va optimal apparatni tanlash», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1529.
Ilmiy rahbar: Barakaev Nusratilla Radjabovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaev Qayum Karimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sheben` misolida maydalash texnologik jarayonining kompyuter modelini ishlab chiqish va optimal apparatni tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qattiq materiallarni maydalash ob’ektining tizimli tahlili o‘tkazilgan va uning ko‘p bosqichli ierarxik strukturasi ishlab chiqilgan;
qattiq materiallar (sheben`) ni maydalash jarayonida qattiq faza hajmining hamda qattiq materiallarning maydalanish konsentratsiyasi o‘zgarishini  tavsiflovchi  matematik model` ishlab chiqilgan; 
maydalash jarayonini modellashtirish va hisoblashda apparatning ishchi zonasini kvazi apparatlar  yordamida ifodalash asoslangan; 
maydalash jarayonini hisoblashda maydalangan mahsulot konsentratsiyasining apparat balandligi bo‘yicha o‘zgarishi aniqlangan;
shebenni optimal maydalash jarayonining hisoblash usuli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Shebenni maydalash jarayonini amalga oshirishda ikki yacheykali zonadan tashkil topgan qurilmani qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikki yacheykali zonadan tashkil topgan maydalash apparati Buxoro viloyati “BUXOROTOSH” MChJ xorijiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“BUXOROTOSH” MChJ XKning 2021 yil 11 oktyabrdagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik fraksiyali (0-5 mm li) sheben qumi ishlab chiqarishni 10 foizga oshirish imkonini bergan;
shebenning har xil fraksiyasini ishlab chiqishga mo‘ljallangan maydalash qurilmasi “BUXOROTOSH” MChJ xorijiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“BUXOROTOSH” MChJ XKning 2021 yil 11 oktyabrdagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish ob’ektlari uchun o‘lchami 5-20 mm bo‘lgan sheben fraksiyasini ishlab chiqish va shebenning yassilik ko‘rsatgichini yaxshilash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish