Yarashev Quvondiq Safarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy O‘zbekiston daryo havzalari landshaftlarining funksional-dinamik bog‘liqligi hamda ularni landshaft-ekologik rayonlashtirish», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Gr37.
Ilmiy maslahatchi: Abbasov Subxon Burxanovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatovich, geografiya fanlari doktori, professor, Safarov Eshqobul Yuldashevich, texnika fanlari doktori, professor; Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy O‘zbekiston daryo havzalari landshaftlarini funksional-dinamik bog‘liqlikda aniqlash, ularning mikrozonal differensiyalanishi, landshaft-ekologik rayonlashtirish asosida landshaft-ekologik vaziyatlarni optimallashtirishni geografik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryo havza landshaftlari bir butun funksional-dinamik tizim ekanligi asoslangan va ularning hududiy tarqalish qonuniyatlari zamonaviy (masofaviy va kartografik) usullar yordamida aniqlangan;
daryo havzalari paragenetik landshaft kompleklardagi dinamik jarayonlarni masofadan aniqlash orqali paragenetik landshaft komplekslarini o‘rta masshtabli kartalari yaratilgan;
geotizimlarda arid zona elementlari migratsiyasi va fuksional-dinamik bog‘liq jarayonlar GAT ni qo‘llash orqali aniqlanib, ularning kartalarini yaratish metodikasi (Landsat-8, Sentenel-2 kosmik stansiya ma’lumotlarini ArcGIS, QGIS, ENVI 4.5, MapInfo kabi dasturlarda deshifrovkalash orqali) takomillashtirilgan;
funksional-dinamik bog‘liqlik natijasida vujudga kelgan landshaft-ekologik vaziyat 5 ta (bokira, qoniqarli, mo‘’tadil, o‘rtacha, keskin) darajada baholangan va ilk bor hudud 19 landshaft-ekologik rayon ajratilgan hamda ushbu rayonlarning kompleks tavsifi ishlab chiqilgan;
kimyoviy va texnogen chiqindilarning inson salomatligiga ta’sirini baholash orqali tibbiy profilaktik tadbirlar aniqlangan hamda har bir ifloslovchi manbaning ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
funksional-dinamik landshaftlarda paragenetik va paradinamik aloqadorlik qonuniyatlariga binoan vujudga kelgan landshaft-ekologik vaziyatni geografik optimallashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy O‘zbekiston daryo havzalari landshaftlarining funksional-dinamik bog‘liqligi va ularni landshaft-ekologik rayonlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
daryo havzalari geotizimlarining zamonaviy usullar yordamida aniqlangan tarqalish qonuniyatlari asosida tuzilgan o‘rta masshtabli mavzuli kartalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08-07039-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda qishloq xo‘jalik ekinlarini optimal joylashtirishni takomillashtirish imkonini bergan;
geotizimlardagi dinamik jarayonlarni masofadan aniqlash indikatori hisoblangan vegetatsion indekslariga doir tuzilgan kartalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08-07039-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simliklar degradatsiyaga uchragan hududlarni aniqlash hamda tabiatni muhofaza qilish kartasini takomillashtirish imkonini bergan;
arid zona elementlari migratsiyasi va funksional-dinamik jarayonlarni asoslovchi GAT ning ArcGIS dasturi yordamida hisoblangan evapotranspiratsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha tuzilgan karta-sxemalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08-07039-son ma’lumotnomasi). Natijada, arid (quruq) zona elementlari migratsiyasini optimallashtirishning asosi bo‘lgan evapotranspiratsiyani kamaytirish usullarini takomillashtirish imkonini yaratgan;
daryo havzalarining bir butun funksional-dinamik bog‘liqligiga doir olingan natijalardan O‘zAgrosug‘urta AJ amaliyotida nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zAgrosug‘urta AJning 2022 yil 25 apreldagi 01-06/867-son ma’lumotnomasi). Natijada, nazorat-tahlil faoliyatini takomillashtirish va shu asosda qishloq xo‘jalik erlarida kompleks tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;
agrolandshaftlarda vujudga kelgan landshaft-ekologik vaziyatni inson salomatligiga ta’sirini baholashga doir natijalar O‘zAgrosug‘urta AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zAgrosug‘urta AJning 2022 yil 25 apreldagi 01-06/867-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik xavfsiz qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish va qishloq xo‘jalik ekinlarini samarali himoya qilish usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
funksional-dinamik bog‘liqlik va paragenetik hamda paradinamik aloqadorlik qonuniyatlariga binoan vujudga kelgan landshaft-ekologik vaziyatni optimallashtirishga doir chora-tadbirlardan O‘zagrosug‘urta AJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zAgrosug‘urta AJning 2022 yil 25 apreldagi 01-06/867-son ma’lumotnomasi ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq sho‘rlanishi, irrigatsion va deflyasion eroziyadan himoya qilish masalalarini ijobiy hal etish imkonini bergan.