Atoeva Gulhayo Raxmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maishiy chiqindixona atrofida tarqalgan tuproqlarning ifloslanish holati va unumdorlik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi (Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi chiqindixona misolida)», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V622.
Ilmiy rahbar: Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Parpiev G‘ofurjon Toxirovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shadieva Nilufar Iskandarovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan maishiy chiqindixona atrofida tarqalgan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning ifloslanish holati va ifloslanishning tuproq xossalariga ta’sirini aniqlash, unumdorlik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini ochib berish hamda muhofaza, ifloslanish, fon hududlarini belgilab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar mintaqasida ilk bor maishiy chiqindixona ta’sirida kimyoviy ifloslanishni hududlar (muhofaza, ifloslanish, fon) hamda tuproq qatlamlari bo‘yicha farqlari ilmiy asoslangan;
tuproqlarning kimyoviy ifloslanishida shamol va inson omilining ta’sir etish mexanizmi aniqlangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning kimyoviy, fizikaviy, agrokimyoviy va biologik xossalariga maishiy chiqindixona ta’sirida paydo bo‘ladigan kimyoviy ifloslovchi moddalarning ta’sir etishi aniqlangan;
ilk bor tadqiqot hududi tuproqlarining organik tarkibi aniqlangan va uglerod miqdorining o‘zgarishi, texnogen uglerodning paydo bo‘lishi, uning tuproq unumdorligiga ta’siri isbotlangan;
tuproqlarning ifloslanishi natijasida unumdorlik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini belgilovchi mos koeffisientlar aniqlangan va ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maishiy chiqindixona atrofida tarqalgan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning ifloslanishi va tuproq unumdorlik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maishiy chiqindixona atrofida tarqalgan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning hajm og‘irligi, strukturaligi, g‘ovakligi, mikroorganizmlar miqdori, fermentlar faolligi, organik va antropogen uglerod miqdorini o‘zgarishi bo‘yicha ma’lumotlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 16 dekabrdagi 02/022-5082-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq unumdorligini baholash imkonini bergan;
maishiy chiqindixona atrofidagi tuproqlar uchun muhofaza, ifloslanish va fon hududlari chegarasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 16 dekabrdagi 02/022-5082-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning ifloslanish holati, tuproq unumdorligining mos ko‘rsatkichlari va koeffisientlarini aniqlash imkonini bergan;
maishiy chiqindixona atrofidagi tuproqlar unumdorlik ko‘rsatkichlari va koeffisientlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 16 dekabrdagi 02/022-5082-son ma’lumotnomasi). Natijada, maishiy chiqindixona atrofidagi tuproqlarda qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larining unuvchanligini 7 foizga ortishiga imkon bergan va ulardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.