Arabov Saidqul Amirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘l sug‘oriladigan tuproqlarining meliorativ holati va ularni yaxshilash», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V573.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Urazbaev Ismatulla Ummatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘l hududi sug‘oriladigan tuproqlarining xossa-xususiyatlaridagi o‘zgarishlar asosida ularning meliorativ holatini baholash hamda unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mirzacho‘l hududi erlaridan sug‘orma dehqonchilikda foydalanish (xaydash, sug‘orish, ishlov berish, o‘g‘itlar qo‘llash) natijasida tuproq xossalaridagi o‘zgarishlar ta’sirida evolyusion jarayonlarning jadallashganligi hamda avtomorf tuproqlar o‘rnida yarim gidromorf va gidromorf tuproqlar paydo bo‘lganligi aniqlangan;
hudud sug‘oriladigan tuproqlaridagi grunt suvlarining sathi va minerallashganlik darajasi optimal kritik chuqurlikdan (~2,5 m) yuqori joylashganligi natijasida tuproq hosil bo‘lish va sho‘rlanish jarayonlarida faol ishtirok etayotganligini aniqlangan;
hudud sug‘oriladigan erlarining meliorativ holati tuproqlarning bir metrli qatlamlaridagi umumiy tuzlar, jumladan, xlor ioni zahiralarini hisobga olgan holda baholangan;
Mirzacho‘l sug‘oriladigan tuproqlari tarkibidagi tuzlarning eruvchanligi qancha yuqori bo‘lsa, ularning akkumlyasiyalanish areali shuncha kichik maydonlarni tashkil etishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mirzacho‘l sug‘oriladigan tuproqlarining meliorativ holati va ularni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘zbekiston Respublikasi fermer xo‘jaliklari sug‘oriladigan tuproqlarining unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 02/025-3787-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyalar Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi turli tuproq-iqlim sharoitlari shakllangan meliorativ holati yomon, er osti suvlari ko‘tarilgan, turli darajada sho‘rlangan, gipslashgan, toshloqli, eroziyalangan sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligini qayta tiklash va oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Mirzacho‘l tumanidagi «Toshkent», Arnasoy tumanidagi «Qozog‘iston», Zafarobod tumanidagi H.Olimjon nomli massivlardagi jami 9921,2 ga sug‘oriladigan erlarning 1:10000 masshtabli tuproq sho‘rlanganlik kartogrammalari tuzilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 02/025-3787-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kartogrammalar ma’lumotlari hududlardagi sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, jumladan, sho‘r yuvish me’yorlari hamda muddatlarini belgilash, er resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
Sardoba tumanidagi M.Uzoqov nomli, Oq oltin tumanidagi U.Nosir nomli massivlardagi jami 7306,1 gektar sug‘oriladigan er maydonlari uchun 1:10000 masshtabli tuproq sifatini baholash xaritasi ishlab chiqilgan va massivlar hududidagi fermer xo‘jaliklari foydalanishlari uchun amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 02/025-3787-son ma’lumotnomasi). Natijada, massivdagi gidromorf va yarim gidromorf tuproqlarning unumdorlik darajasiga qarab erlarning me’yoriy qiymatini hisoblash, unumdorligi past bo‘lgan erlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi etishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish orqali er resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlar belgilashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish