Kadirova Nafisaxon Bannobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yog‘-moy sanoati dispers moyli chiqindilari asosida yuvish vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2063.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Axror Anvarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, texnika fanlari doktori, professor; Buxorov Shuxrat Bo‘rievich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘-moy sanoati ikkilamchi xomashyolari va dispers moyli chiqindilari asosida texnik yuvish vositalari olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yog‘-moy korxonalari chiqindilarining tarkibida, ya’ni dispers moyli chiqindi tarkibida qimmatli yog‘li komponentlarning va gidratatsiya jarayonida chiqadigan oqava suvlar tarkibida emul`gatorlik xossasiga ega fosfolipidlar miqdori yuvish vositasi olishga etarliligi asoslangan;
dispers moyli chiqindi minerallari tabiatini (bentonit, kaolin va boshqalar) yuvish vositalarining yuvish va ko‘piklanish qobiliyatiga ta’sir qilishi aniqlangan;
mazsimon yuvish vositasi olish uchun dispers moyli chiqindidan 5%, pastasimon yuvish vositasi uchun esa 10% etarli ekanligi, chiqindi miqdorini yanada oshirish natijasida yuvish vositalarining yuvish va ko‘piklanish qobiliyatini pasayishiga olib kelishi aniqlangan;
yuvish vositasi kontsentratsiyasining ortishi bilan eritmaning sirt tarangligi kamayadi, bu esa bosqichma-bosqich o‘zgarishlarga olib keladi va 0,02-0,04% konsentratsiyada to‘g‘ri chiziq hosil bo‘lishi bilan misella hosil bo‘lishining kritik konsentratsiyasiga (MKK) o‘tishi isbotlangan;
yog‘-moy korxonalari xom-ashyosi va chiqindilari asosida mazsimon, pastasimon maishiy texnik yuvish vositalarini olishning texnologik tizimi ishlab chiqilgan hamda texnik iqtisodiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yog‘-moy sanoati dispers moyli chiqindilari asosida yuvish vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yog‘-moy sanoati xom-ashyosi va chiqindilari asosida mazsimon yuvish vositasi olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 22 fevraldagi KS/3-166-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki baravar arzon tabiiy mahsulotlardan maishiy texnik yuvish vositasi olish imkonini beradi;
yog‘-moy sanoati xomashyosi va chiqindilari asosida pastasimon yuvish vositasi olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 22 fevraldagi KS/3-166-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘-moy korxonalri chiqindilarini utilizatsiya qilish va yangi yuvish vositasi olish imkonini beradi.