Turdiev Sardorjon Abdumuminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kar`er ekskavatorlari cho‘michining kesuvchi elementlarini takomillashtirish asosida qazish ishlari samaradorligini oshirish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2474.
Ilmiy rahbar: Djuraev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Ilxom Pulatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Kaxarov Sergey Karimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kar`er ekskavatori cho‘michining kesuvchi va emirilishdan himoyalovchi elementlari konstruksiyasini takomillashtirish asosida ularning ekspluatatsion samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kar`er ekskavatori kesuvchi elementlarining tog‘ jinsi bilan o‘zaro ta’siri natijasida hajmiy emirilishi miqdorini, uning sirti yuzasiga ta’sir etuvchi yuklamalarni hisobga olgan holda aniqlash imkonini beruvchi matematik model` ishlab chiqilgan;
ekskavator cho‘michi tishi yuzasining hajmiy emirilishi miqdori cho‘michga ta`sir etuvchi tog‘ jinsi zarrachalarining soniga bog‘liqligi hamda tishning yuzasi markaziy o‘qiga nisbatan o‘tkir burchagi 70 ga teng bo‘lgan bo‘rtma o‘rnatilishi natijasida tog‘ jinsi zarrachalarining emiruvchi ta’sirini 25% gacha kamayishi aniqlangan;
ekskavator cho‘michining kesish yuklamasining tishlar eni (b) va ular joylashuvi orasidagi masofa (a) ga bog‘liqligi asosida tishlar orasidagi masofa va cho‘mich tishining eni qiymatlari a=(2,5÷3)b ga teng bo‘lganda yuklamalarni 14 % gacha kamayishi aniqlangan;
ekskavator cho‘michi jag‘ qismining asosiga bo‘yi 700 mm, eni 300 mm va balandligi 20 mm, ichki bo‘shliqlari orasidagi devorlari qalinligi 50 mm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rt burchak shaklli himoya elementini qo‘llash, cho‘michning vaznini 118 kilogrammga engillashtirishi va jag‘ qismi emirilishini 20 % ga kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kar`er ekskavatorlari cho‘michining kesuvchi elementlarini takomillashtirish evaziga qazish rejimi ko‘rsatkichlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gidravlik ekskavatorlar cho‘michining tishlari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ga qarashli Markaziy kon boshqarmasining «Auminzo-Amantoy» kar`erida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» ning 2021 yil 13 sentyabrdagi 02-08-06/8897-son ma’lumotnomasi). Natijada, HITACHI EX-1200 rusumli kar`er gidravlik ekskavatorlarining avvalgi qo‘llanilgan cho‘mich tishlariga nisbatan 20-25% ga ish qobilyatini oshirish imkonini bergan;
kar`er gidravlik ekskavatori cho‘michi jag‘i plita qismi va jag‘ qismi asosining yangi takomillashtirilgan konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ga qarashli Markaziy kon boshqarmasining «Auminzo-Amantoy» kar`erida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» ning 2021 yil 13 sentyabrdagi 02-08-06/8897-son ma’lumotnomasi). Natijada, HITACHI EX-1200 rusumli kar`er gidravlik ekskavatorlari cho‘michining umumiy ish qobilyatini 10-15% ga oshirish imkoniyatini bergan.