Mustafaev Oybek Bobomuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tog‘ jinsini parchalovchi asbobning konstruksiyasini takomillashtirish asosida burg‘ilash uskunasining ekspluatatsiya samaradorligini oshirish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2073.
Ilmiy rahbar: Djuraev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Toshov Javohir Burievich, texnika fanlari doktori, professor; Baratov Baxtiyor Nusratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tog‘ jinsini parchalovchi asboblarning konstruksiyasini takomillashtirish asosida burg‘ilash uskunalarining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
skvajinalarni havo yordamida tozalab burg‘ilash jarayonida tog‘ jinsini parchalovchi asbobning haroratini aniqlash va harorat rejimlarini me’yorlashtirish uchun burg‘ilash rejimlarining ratsional qiymatlarini aniqlash imkonini beruvchi matematik model` ishlab chiqilgan;
skvajinalarni siqilgan havo bilan tozalab burg‘ilash jarayonida harorat rejimlarini me’yorlashtirish asosida tog‘ jinsini parchalovchi asbobning chidamliligini va burg‘ilashning mexanik tezligini oshirish imkonini beruvchi burg‘ilash rejimlarining ratsional ko‘rsatkichlari aniqlangan;
skvajina zaboyida shlamli rejim hosil bo‘lishi, ajralgan shlam zarrachasining harakatlanish burchagi va boshlang‘ich tezligi kattaliklariga bog‘liqligi aniqlangan;
shlamli rejim hosil bo‘lishini bartaraf etuvchi tog‘ jinsini parchalovchi asbobning takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan va tog‘ jinsini parchalovchi asbobning chidamliligini oshirish imkonini beruvchi burg‘ilash rejimining ratsional ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘ jinsini parchalovchi asbobning konstruksiyasini takomillashtirish asosida burg‘ilash uskunasining ekspluatatsiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uyurmali quvurli burg‘ilash snaryadining takomillashtirilgan konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Geologik qidiruv ekspedisiyasining Markaziy geologik qidiruv partiyasida amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 22 sentyabrdagi 02-06-07/9278-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ jinsini parchalovchi asboblarning chidamliligini 4% ga, burg‘ilashning mexanik tezligini 6 % ga oshirish imkonini bergan;
uch sharoshkali burg‘ilash dolotasining takomillashtirilgan konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Geologik qidiruv ekspedisiyasining Markaziy geologik qidiruv partiyasida amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 22 sentyabrdagi 02-06-07/9278-son ma’lumotnomasi). Natijada, skvajinani o‘tish tezligini 8 % ga, tog‘ jinsini parchalovchi asbob chidamliligini 4 % ga oshirish imkonini bergan.