Sidametova Zaynab Enverovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): ««Flegmen» tinchlantiruvchi yig‘masi asosida dori vositalarini ishlab chiqish va standartlash», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1. DSc /Far23.
Ilmiy maslahatchi: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Tillaeva Gulnora Urunbaevna, texnika fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Bobaev Isomiddin Davronovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Flegmen» sedativ yig‘masi asosida dori vositalarini va biologik faol qo‘shimchani standartlashtirish, keyinchalik ularni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilish uchun tavsiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklar asosida ilk bor mo‘’tadil tarkibli tinchlantiruvchi preparatlar ishlab chiqilgan;
«Flegmen» yig‘masidan olingan suyuq ekstrakt, sirop va nastoykaning flavonoidlar, aminokislotalar, makro- va mikroelementlar kabi biologik faol moddalari aniqlangan;
suyuq ekstrakt va sirop dori shakllari tarkibidagi flavonoidlarning miqdoriy tahlili uchun yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usuli ishlab chiqilgan;
«Flegmen» yig‘masidan olingan suyuq ekstrakt, sirop va nastoyka tarkibidagi biologik faol moddalarning miqdorini aniqlash uchun spektrofotometrik usul ishlab chiqilgan;
suyuq ekstrakt va sirop dori shakllari tarkibidagi glisirrizin kislota miqdorini aniqlash uchun yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi ishlab chiqilgan;
mahalliy dorivor o‘simliklar asosida ishlab chiqilgan «Fitoflegmen» BFQ uchun belgilangan sifat me’yorlari aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Flegmen» tinchlantiruvchi yig‘masi asosida dori vositalarini ishlab chiqish va standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Flegmen» suyuq ekstrakti uchun vaqtincha farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (VFM 42 O‘z-4546-2021). Natijada, mahalliy sedativ dori vositalarning assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Flegmen» siropi uchun vaqtincha farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (VFM 42 O‘z-4547-2021). Natijada, tinchlantiruvchi ta’sirga ega suyuq dori preparatlarning assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Flegmen» suyuq ekstrakti (DV/M 03811/05/21) va «Flegmen» sirop (DV/M 03812/05/21) tinchlantiruvchi ta’sirga ega dori vositalarni ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari olingan va ular tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat berilgan. Natijada ushbu dori vositalari «SORB-TEH» MChJ tomonidan ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan;
«Fitoflegmen» biologik faol qo‘shimchasi uchun Texnik shartlar (Ts 02026972-004:2022) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma tasdiqlangan (TI 02026972-004:2022). Natijada «SORB-TEH» MChJ maxalliy farmatsevtika korxonasida tinchlantiruvchi ta’sirga ega fil`tr paketchali choylar shaklidagi «Fitoflegmen» biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan.