Buranova Gulnoza Boymuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Homilador ayollarning amaldagi ovqatlanishi va uning fiziologik tahlili (O‘zbekiston Respublikasi janubiy viloyatlari misolida)», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B201.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Shoniyoz Qurbonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.B.70.03.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Kuziev Mirzohid Sadullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi janubiy viloyatlaridagi qishloqlarda yashaydigan homilador ayollarning amaldagi ovqatlanish holatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining janubidagi (Qashqadaryo viloyati) qishloqlarda yashovchi homilador ayollar ratsionida oqsil, yog‘, uglevodlar nisbati uglevodlar ulushining oshishi hisobiga buzilganligi ochib berilgan;
qishloq sharoitida istiqomat qiladigan homilador ayollarni oqsil (18-29 yosh guruhida yog‘), D, V9 va V12 vitaminlari, Sa, R makroelementlari, yod va temir mikroelementlari bilan ta’minlanish darajasi me’yordan pastligi asoslangan;
qishloq sharoitida istiqomat qiladigan homilador ayollarda qon zardobidagi D vitamin, Fe va Ca konsentratsiyasi homiladorlik muddatining oshib borishi bilan kamayishi isbotlangan;
qishloq sharoitida yashayotgan homilador ayollarda tana massasining ortish dinamikasi me’yor darajasida saqlanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Homilador ayollarning amaldagi ovqatlanishi va uning fiziologik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tekshiriluvchilarning kunlik ovqati tarkibida oqsil (18-29 yosh guruhida yog‘) miqdorining belgilangan me’yorga nisbatan kamligi, uglevodlarning esa ko‘pligi, shuningdek, S, V1, V9, E, D va V12 vitaminlarning me’yordan kamligi, Mg ning me’yoridaligi, qon zardobidagi mikronutrientlar konsentratsiyasi bo‘yicha olingan natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasining davolash muassasalari tizimining amaldagi faoliyatida va aholi salomatligini saqlash bo‘yicha olib boriladigan targ‘ibotlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 apreldagi 01/4119-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik noqulay sharoitda yashaydigan aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlari va bu boradagi tadbirlar samaradorligini oshirish imkonini bergan;
homilador ayollarning kunlik ovqatidagi S, V1, V9, E, D, V12 vitaminlarning miqdori me’yor darajasidan (12,8-50,0 % gacha) kam ekanligi, Ca, P, Fe, va yodning o‘rtacha miqdori fiziologik me’yorga nisbatan (18,4-25,3 % gacha) kamligi yuzasidan olingan natijalar AQSh ning VetVittles LLC kompaniyasida biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqish amaliyotida joriy qilingan (VetVittles LLC kompaniyasining (Brooklyn NY) 2022 yil 8 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, mikronutrient tanqisligining oldini olishda qo‘llaniladigan biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish spektrini yanada oshirish imkonini bergan;
qishloq sharoitida yashaydigan homilador ayollarning asosiy va qo‘shimcha oziq moddalar bilan ta’minlanishini aniqlash bo‘yicha olingan natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining amaliy faoliyatida foydalanilgan, shuningdek, ekologik noqulay sharoitda yashaydigan aholining ratsional ovqatlanishini tashkil etishda va uni targ‘ib qilishda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 24 yanvardagi 01-204-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi turli guruhlarining, xususan, homilador ayollarning ovqatlanish madaniyati borasidagi tushunchalarini 7-9 % gacha oshirish hamda ularning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan.