Sagatov Djumadulla Turabekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston matbuotida favqulodda vaziyatlar mavzusining yoritilishi: yondashuv, muammo va mahorat”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil1478.
Ilmiy rahbar: Tashmuxamedova Latofat Ismatovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Nargis, filologiya fanlari doktori; Matyakubov Alisher, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davriy matbuotda favqulodda vaziyatlar mavzusini yoritishdagi ijobiy tendensiyaning yuzaga kelishi natijasida gazetalarning jamiyatdagi ijtimoiy ta’sirchanligini oshirish va aholi xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholining favqulodda vaziyatlardan ogoh bo‘lishi, favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatuvchi interaktiv mobil` ilovalarning onlayn formatdagi gazetalarga joylashtirish imkoniyatining kengligi, mazkur materiallarning tez tarqalishi va aholining katta qismi tomonidan qabul qilinishi, onlayn formatdagi gazetalarning bosma shaklidan ko‘ra targ‘ibot-tashviqot borasida interaktivligi tufayli katta auditoriyani qamrab olishi hamda jamiyatdagi ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda samarador ekanligi isbotlangan;
matbuotda favqulodda vaziyatlar mavzusini yoritish jurnalistdan jarayonning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy jihatlariga jiddiy e’tibor bergan holda, jabrlangan va halok bo‘lgan odamlar, buzilgan infrastruktura hamda qutqaruv ishlari olib borish bilan bog‘liq muammolarni yoritishda bir yoqlama - mamlakatning fuqaro muhofazasi sohasidagi siyosatini ob’ektiv aks ettirmaslik holatlarining mavjudligi, bu mamlakatning halqaro maydondagi imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
 favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi profilaktik tadbirlarni, jumladan, joylarda o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari, taktik-maxsus o‘quv mashqlari, o‘quv yig‘inlari va seminar-treyninglar va ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulotlarni ommaviy axborot vositalarida - matbuotda keng yoritish aholi xavfsizlik madaniyatining oshishiga xizmat qilishi aniqlangan;
jurnalist faoliyatida fuqaro muhofazasi sohasida huquqiy bilimlarga ega bo‘lishi, favqulodda vaziyatlar hududida psixologik tayyorgarlik sohasidagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarning shakllanganligi, mavzuni to‘g‘ri yoritishga siyosiy, huquqiy va psixologik yondashuv asosida e’tibor qaratish zarurligi birlamchi talablar ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Respublika bosma nashrlarida favqulodda vaziyatlar mavzusi yoritilishining tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mamlakatimizda favqulodda vaziyatlar mavzusini yoritishdagi jurnalistik yondashuv, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda matbuotning roli va janriy-publisistik uslub imkoniyatlarining ahamiyati yuzasidan olingan xulosalardan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4749-sonli Farmonning 5.1.-bandidagi “Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish” vazifasini shakllantirishda foydalanilgan (FVV Matbuot xizmatining 2021 yil 7 sentyabrdagi 32/4-2519-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistlar va mas’ul xodimlarning ommaviy axborot vositalarida favqulodda vaziyat mavzusini tezkor, ob’ektiv va shaffof yoritish sohasidagi kasbiy mahoratlarining oshishiga xizmat qilgan;
jamiyatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi xavfsizlik madaniyatining rivojlanishida bosma matbuotning o‘rni beqiyos ekanligi, xususan, ushbu sohaga ixtisoslashgan nashrlarning faoliyatini yanada rivojlantirish zarur ekanligi asoslantirilgan dalillar va xulosalar “Muhofaza+” jurnali va “Vaziyat” gazetasi Birlashgan tahririyati faoliyatida qo‘llanilgan (“Muhofaza+” jurnali va “Vaziyat” gazetasi Birlashgan tahririyatining 2021 yil 9 sentyabrdagi 29-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi xavfsizligini ta’minlashda davriy atbuot rolining oshishiga, jurnalist mahoratining asosiy jihatlari, janrlar rang-barangligi, matbuotning til va uslub imkoniyatlari, gazeta rukn va sahifalarini boyitishga hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
aholini turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish borasida matbuot nashrlari uchun fuqaro muhofazasi mavzusiga oid materiallar tayyorlashda tadqiqot ishi natijasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining 2021 yil 30 avgustdagi 2/17-395-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy axborot vositalari, xususan, matbuot nashrlari uchun fuqaro muhofazasi sohasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga mo‘ljallangan turli janrlarga xos bo‘lgan materiallarning yaratilishiga e’tibor qaratish lozimligi ilmiy asoslangan;
favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalar guruhlari tomonidan favqulodda vaziyatlar mavzusiga oid materiallarni tayyorlash, ularni matbuotda yoritishga e’tibor qaratish kabi xulosalardan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2022 yil 22 fevraldagi 21/15-722-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalar guruhlarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun favqulodda vaziyatlar mavzusiga oid materiallarni to‘plash va tayyorlashda ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
respublikamizdagi ijtimoiy-siyosiy bosma nashrlarida favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olish mavzusidagi turli janrlarga oid hamda aholini favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish mavzusiga oid materiallarni tayyorlash, tahlil qilish borasida natijalardan (“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati faoliyayatida foydalanilgan (“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati DUKning 2022 yil 19 yanvardagi 04-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot “Yangi O‘zbekiston” gazetasi mutaxassislariga favqulodda vaziyatlar mavzusiga oid materiallarni tayyorlashda muhim manba sifatida yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish